Davlat taşkilotlari xarajatlari oçiq eʼlon qilinadi
Jamoatçilik davlat taşkilotlarining xarajatlarini körib boriş imkoniga ega böladi
Prezident farmoniga köra, 2021-yil 1-iyuldan boşlab davlat organlari va taşkilotlari rasmiy veb-sayti va oçiq maʼlumotlar portalida quyidagi maʼlumotlar joylaştiriladi:
✅ mansabdor şaxslarning xizmat safarlari xarajatlari;
✅ xorijdan taşrif buyurgan mehmonlarni kutib oliş xarajatlari (davlat sirlari va xizmatda foydalaniş uçun möljallangan maʼlumotlar bundan mustasno);
✅ soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar olgan subyektlarning moliyaviy körsatkiçlari va yakuniy benefitsiarlari;
✅ davlat organlari va taşkilotlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi;
✅ obyektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital taʼmirlaş xarajatlari;
✅ avtomototransport vositalarini sotib oliş xarajatlari.
Davlat taşkilotlarining tegişli maʼlumotlarni oçiq portallarga joylab borişi ustidan nazoratni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi olib boradi.
👉 @xushnudbek 👈


