Statistika qömitasi orginfo.uz sayti ustidan şikoyat qildi
Statistika qömitasi özi şunça yillardan buyon eplolmayotgan işni qilgan orginfo.uz sayti asosçisi ustidan şikoyat kiritibdi. Ayblov esa asossiz.
Bu qanaqa sayt?
Internetda orginfo.uz degan sayt bor. Unda korxona, taşkilotlar va MÇJlar, ularning taʼsisçilari, direktori, oçilgan sanasi va boşqa maʼlumotlarni oliş mumkin. Bu sayt oddiy bir dasturçi özbek yigiti tomonidan yaratilgan. Saytdagi maʼlumotlar osmondan olinmaydi, töqib çiqarilmaydi yoki qandaydir xakerlik usuli orqali öğirlab olinmaydi. Şunçaki Davlat statistika qömitasining stat.uz saytidagi OÇIQ VA RASMIY MAʼLUMOTLAR bazasidan oladi.
orginfo.uz afzalligi nimada?
Xöş, orginfo.uz sayti şunçaki Statistika qömitasi bazasining dublikati bölsa, unda nima muammo? Gap şundaki, Statistika qömitasi saytidan maʼlumot qidiriş juda qiyin va noqulay. Masalan, stat.uz saytidan biror MÇJ haqida maʼlumot oliş uçun uning STIR (INN) raqamini bilişingiz kerak. Bundan taşqari MÇJ taʼsisçilarining boşqa firmalarini topib bölmaydi. Yoki ism-şarif orqali maʼlumot topişning ham iloji yöq.
orginfo.uz saytida esa aksinça, amaldorlarning ism-familiyalarini yoki şunçaki firma nomlarini yozgan holda maʼlumotlarni oson va qulay topiş mumkin. Bundan taşqari bu sayt Intellektual mulk agentligining savdo belgilari böyiça oçiq bazasi bilan ham integratsiya qilgan. Şunçaki oddiy misol mana bu.
Muammo nimada?
Statistika qömitasi özining qölidan kelmagan işni qilgani uçun orginfo.uz saytidan xafa bölgan şekilli, ustidan şikoyat qilibdi. Bunga asos qilib, orginfo.uz sayti har 10 kunda yangilanişi, bu muddat içida ayrim firmalar maʼlumoti özgarib qolgan bölişi, bu esa ikki xil maʼlumotni körgan investorlar va boşqalarda işonçsizlik paydo qilişini aytişibdi.
U qanaqa ahmoq investorki, davlatning rasmiy taşkiloti bazasi böla turib, har 10 kunda yangilanadigan va bu haqida ogohlantirib yozib qöygan norasmiy saytga işonsa? Xullas, yemagan bahona.
Undan köra, ayrim kottakonlarga şubhali tenderlarda ğolib bölayotganda, davlatning katta mulklarini sotib olayotganda yoki boşqa holatlarda jurnalistlar, blogerlar va keng aholi osongina ularning biznesi haqida maʼlumot topayotgani yoqmayapti, deb qöya qolinglar.
Nima ayb qöyilmoqda?
orginfo.uz saytini yaratgan dasturçi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan Andijon viloyati Asaka tumani IIB tomonidan MJtKning 202-2-moddasi (yolğon axborot tarqatiş) böyiça maʼmuriy iş oçilibdi. Ammo bu ayb mutlaqo asossiz qöyilgan, deb hisoblayman. Içki işlar xodimi yoki şoşib qolgan, yoki malakasizlik qilgan.
202-2-moddada şunday deyiladi: «Şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş».
Xöp, orginfo.uz saytida qanday yolğon xabar tarqatilgan? Va bu maʼlumot kimning qadr-qimmatini kamsitibdi? "Milliard tuda, milliard suda" qilayotgan kottakonlarningmi?
Yana bir gap: davlat taşkiloti, umuman olganda birorta yuridik şaxs qadr-qimmati kamsitilgani haqida şikoyat qila olmaydi. Çunki taşkilotning qalbi bölmaydi va öz-özidan qadr-qimmati ham yöq. Bu modda bilan iş oçiş uçun öşa qadr-qimmati kamsitilgan ŞAXSning şaxsan özi ariza yozişi kerak. Xöş, kim şikoyat yozgan? Şunaqa ariza bormi içki işlar qölida?
Korrupsiyaga qarşi kuraşga qarşi kuraş
Statistika qömitasining bu işi Özbekiston jamiyatida korrupsiyaga qarşi kuraşayotganlar, oçiqlik va şaffoflik asosida davlat mulkini talon-toroj qilayotganlarni foş qilayotganlarga qarşi kuraş bölibdi. Yaʼni oçiqlikni emas, yopiqlikni xohlayotganlarning işi bu. Özining maʼlumotini özidan yaxşiroq va qulayroq berayotganiga alami kelganlarning işi bu.
Umuman bugungi Yangi Özbekiston siyosati şamoliga va oqimiga qarşi iş.
Umid qilamanki, Andijondagi sudyalarimiz bu holatda adolat va qonun tomonda bölişadi, hamda turli bosimlarga uçişmaydi. Dasturçi yigitning harakatlarida heç qanaqa huquqbuzarlik yöqligini baralla ayta olişadi. Bunga işonaman.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 5



