O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida bitimlar imzolandi
Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Çje In Özbekiston bilan Koreya örtasidagi alohida strategik şeriklik munosabatlarini çuqurlaştiriş töğrisidagi qöşma bayonotni qabul qildilar.
Ikki mamlakat rahbarlari huzurida Soğliqni saqlaş sohasida hukumatlararo bitim, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022-2024-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi, Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2022-2024-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi, şuningdek, energetika sohasida özaro muloqot örnatiş, “aqlli şahar”larni rivojlantiriş, Iqtisodiy taraqqiyotga kömaklaşiş jamğarmasi orqali moliyalaştiriş, nodir metallar, mis va ularning qotişmalariga oid memorandumlar imzolandi.
Şuningdek, axborot texnologiyalari, “aqlli” qişloq xöjaligi sohalariga oid memorandumlar hamda tibbiy uskunalar yetkazib beriş töğrisida bitim imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 🎉 3

