Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston va Turkmaniston 19 ta hujjat imzoladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0
Сердар Бердимуҳамедов ва Шавкат Мирзиёев имзоланган ҳужжатлар билан
Икки давлат делегациялари иштирокида ҳужжатларни имзолаш маросими
Сердар Бердимуҳамедов ва Шавкат Мирзиёев Фахрий меҳмонлар хиёбонида экилган дарахт ёнида

Şavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Qöşma bayonot imzoladilar.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan bitimlar imzolandi. Jami 19 ta hujjatga imzo çekildi, şular jumlasidan:

➖ Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş töğrisida bitim;
➖ Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
➖ Amudaryo suv resurslarini boşqariş, muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş töğrisida bitim;
➖ Taşabbusli ilmiy-tadqiqot loyihalarining qöşma tanlovini ötkaziş töğrisida bitim;
➖ 2022-2025-yillarga möljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş dasturi;
➖ 2022-2024-yillarga möljallangan ilmiy-texnik hamkorlik töğrisida dastur;
➖ 2023-2024-yillarga möljallangan taşqi işlar vazirliklari örtasidagi hamkorlik dasturi;
➖ Özbekiston-Turkmaniston çegaraoldi savdo zonasi – Savdo markazini taşkil etiş va faoliyatini tartibga soliş töğrisidagi Hukumatlararo bitim qoidalarining amaliy ijrosini taʼminlaş böyiça çora-tadbirlar rejasi.

Şuningdek, kimyo tarmoği, bojxona, temir yöllar, muzeylar, adliya, yoşlarga doir siyosat, teleradioeşittiriş va boşqa sohalardagi hamkorlik yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.

Serdar Berdimuhamedov “Köksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek