Testni qaysi hududda topşiriş mumkin
Testni qaysi hududda topşiriş mumkin?
#abituriyent
Bir neça yildan buyon abituriyentlar testni özlari oldindan tanlagan istalgan hududda topşirişlari mumkin. Test topşiradigan joyi aynan OTM joylaşgan yoki özi yaşaydigan hudud bölişi şart emas.
Aytaylik, Xorazm viloyatida yaşovçi abituriyent Toşkentdagi 5 ta OTMga hujjat topşirdi, deylik. Lekin arizasida testni Xorazmda topşiraman deya belgiladi. Demak, u Toşkentga borişi şart emas, testni Urgançda topşiradi. Qaçonki öqişga kirgan taqdirdagina, keyin Toşkentga keladi.
Bundan taşqari, öşa xorazmlik abituriyent test topşiriş hududini, agar öziga şu qulay bölsa, Samarqand, Farğona yoki istalgan boşqa joyni belgilasa ham böladi. Aynan Xorazm yoki Toşkent deyişi şart emas. Öziga qulay bölgan hududni tanlaşi mumkin.
Umuman olganda bu yaxşi tartib. Köplab ovoragarçilik va ortiqça xarajatlarning oldi olinadi.
❗️ESLATMA: tağin abituriyentlar «istalgan joyda test topşirişim mumkin ekan» deb, test kuni duç kelgan joyga borib ötirmasin, test topşiriş hududi oldindan belgilanadi. Röyxatdan ötayotganda test topşiriş joyini yetti ölçab bir kesgan holda tanlaş kerak, çunki hududni keyinçalik özgartirib bölmaydi. Masalan, hujjat topşirayotganda Toşkentni tanlab, keyin test kuni Xorazmga boriş befoyda.
👉 @xushnudbek 👈

