Abituriyentlar testni istalgan hududda topşirişi mumkin

Matn16-iyun, 2019, 18:233 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Abituriyent testni qayerda topşiradi?
#abituriyent

Keçagi matbuot anjumanida mutasaddi rahbarlarga abituriyentlar testni qaysi hududda topşirişlari haqida savol berdim.

Ularning javobi quyidagiça böldi:

«Bu yil abituriyentlar respublikaning istalgan hududida hujjat topşirib, boşqa hududda test imtihonidan ötişi mumkin. Faqat ular röyxatga olinayotganida qayerda test topşirmoqçiligini körsatişi kerak».

Bundan xulosa şuki, masalan, qoraqalpoğistonlik abituriyent Toşkentdagi 3 ta OTMga hujjat topşirdi, deylik. Lekin arizasida testni Qoraqalpoğistonda topşiraman deya belgiladi. Demak, u Toşkentga borişi şart emas, testni Nukusda topşiradi. Qaçonki öqişga kirgan taqdirdagina, keyin Toşkentga keladi.

Tuşunişim böyiça, test topşiradigan joyi aynan OTM joylaşgan yoki özi yaşaydigan hudud bölişi şart emas. Masalan, navoiylik abituriyent Buxorodagi 3 ta OTMni tanladi. Lekin u testlar ötadigan vaqtda oilaviy sabablarga köra, Navoiyda emas, Samarqandda böladi deylik. Bunday paytda u hujjat topşirayotganda arizasida testni Samarqandda topşirişni belgilaydi.

Xulosa: navoiylik abituriyent Buxorodagi OTMlarga hujjat topşirib, Samarqandda testga kirsa böladi.

Umuman olganda bu juda ajoyib tartib. Köplab ovogarçilik va ortiqça xarajatlarning oldi olinadi. Faqat birgina jihati, bunday tizimda qattiqqöllik hamma joyda bir xil bölişi kerak. Yöqsa, katta-katta jinoiy guruhlar atayin öz “mijozlarini” çekkaroq hududlarda testga kiritib, öyin qilişga urinib körişlari ehtimoldan holi emas.

Şuningdek, bu masalada yana boşqa bir tuşunmovçilik ham bor va keça şu haqida ham savol berdim.

Yaʼni 07.06.2019-yili Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarori bilan tasdiqlangan reglamentning 4-bandida quyidagiça qoida belgilangan:

«Abituriyentlar Markazga murojaat etgan hududda (Yagona portal orqali murojaat etganda doimiy röyxatda turgan hududida) taşkil etiladigan test sinovlarida iştirok etişlari mumkin».

Reglamentning uşbu bandi DTM rahbari aytgan tizimga biroz töğri kelmaydi. Boz ustiga Reglamentning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan sörovnomada ham test topşiriş hududini tanlaş degan savol mavjud emas.

Reglamentdagi bu band haqida eşitib DTM direktori ham, Oliy va örta maxsus taʼlimi vaziri ham hayron böldi. Lekin şunday bölsa-da, Majid Karimov işonç bilan aytdiki, abituriyent özi istagan hududda test topşira oladi, buning uçun hujjat topşirişda maxsus tanlanadigan band ham böladi. Reglamentga kelsak, uni Davlat xizmatlari agentligi işlab çiqqanligi sababli, nima uçun bu narsa inobatga olinmaganiga biror izoh bera olmasligini aytdi.

Mayli, hujjatda qanaqa yozilganidan qatʼi nazar, amalda abituriyentlar uçun özi istagan joyda testga kiriş huquqi kafolatlanadi. Isboti sifatida pastdagi suratga qarang, Yagona portal orqali röyxatdan ötişda test topşiradigan hududni belgilaydigan alohida band mavjud.

❗️ESLATMA: tağin abituriyentlar “istalgan joyda test topşirişim mumkin ekan” deb, test kuni özi xohlagan joyga borib ötirmasin, hudud oldindan belgilanadi. Röyxatdan ötayotganda test topşiriş joyni yetti ölçab bir kesgan holda tanlaş kerak, çunki hududni keyinçalik özgartirib bölmaydi. Masalan, hujjat topşirayotganda Toşkentni tanlab, keyin test kuni Andijonga boriş befoyda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing