Blogerning telefonini olib qöygan soliqçilar işdan böşatildi
Blogerning telefonini olib qöygan soliqçilar işdan böşatildi
Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev soliqçilar tomonidan Instagramdagi profili hamda telefoni tortib olingan bloger Azizbek Aşurboyev bilan boğliq vaziyat haqida bayonot berdi (bayonot faqat rus tilida, nima uçundir özbekçasi yöq).
Bayonotda aytilişiça, 2019-yil 7-iyundagi nazorat tadbirini ötkaziş vaqtida Mirobod tuman soliq inspeksiyasi xodimlari O.Ziyoyev va Ş.Hasanov öz mansab vakolatlarini suiisteʼmol qiliş va soliq organlari xodimlarining kasbiy axloq qoidalarini buziş holatlariga yöl qöygani aniqlangan hamda egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
«Azizbek Aşurboyev tomonidan yöl qöyilgan huquqbuzarlikni bartaraf etiş uçun u bilan rasmiylaştirilgan materiallar asosida, şaxsiy uyali telefonini olib qöymasdan, tuşuntiriş işlarini olib boriş kifoya edi», - deyiladi bayonotda.
Qömita raisining taʼkidlaşiça, DSQ öz faoliyatining oçiqligi taʼminlanişidan manfaatdor hamda juranalist va blogerlar bilan yaqin hamkorlikda işlaşga, ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaşga, şuningdek, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişga tayyorligini bildiradi.
👉 @xushnudbek 👈


