Blogerlik faoliyati prokuratura himoyasida

Matn14-iyun, 2019, 18:131 daqiqa0 koʻrish

Manba:Bosh prokuratura

Blogerlik faoliyati prokuratura himoyasida

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi mutasaddilari iştirokida «2019-yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusida brifing bölib ötdi.

Brifingda jurnalistlar tomonidan soliq organlari tomonidan bloger Aşurboyev Azizbek Abdukarimoviçning telefoni hamda uning «Instagram» ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi olib qöyilganligi holati yuzasidan ham savol berildi.

Boş prokuror örinbosari E.Yuldaşev mazkur masala yuzasidan fikr bildirib, uşbu holat Boş prokuraturaning alohida nazoratiga olinganligi, bugungi kunda Departament tomonidan davlat idoralari xodimlarining bloger A.Aşurboyevga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida tergovga qadar tekşiruv tayinlanganligi haqida maʼlumot berdi.

Şuningdek, Boş prokuror örinbosari E.Yuldaşev bugungi Xalqaro blogerlar kuni munosabati bilan yurtimizda faoliyat olib borayotgan barça blogerlarni tabrikladi.

Şu örinda Boş prokuratura Özbekiston blogerlarini doimo qöllab-quvvatlaşi hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişga tayyor ekanligini maʼlum qiladi.

👉 @uzbprokuratura

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek