Söxlik bloger Dadaxon Haydarov işi böyiça tafsilotlar
Söxlik blogerning advokati: «mijozimni aybdor deb hisoblamayman»
Kun.uz söxlik bloger Dadaxon Haydarov (Haydarjon Bobohaydarov) masalasida qöşimça maʼlumotlar eʼlon qildi.
Farğona viloyat prokuraturasi bölim boşliği Alişer Boboxöjayev holat yuzasidan quyidagilarni bildirgan:
«Tergov harakatlari davomida «Dadaxon» taxallusi bilan tanilgan Haydarjon Bobohaydarov ommaviy tartibsizliklar vaqtida faollik körsatib, hokimiyat vakillariga qarşilik körsatişda iştirok etganlik holatlari bölgani sababli uşbu fuqaro jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan va JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.
Uşlab turiş muddati jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudining ajrimi bilan JPKning 226-moddasi tartibida 10 sutkaga uzaytirilgan. Hozirda Haydarjon Bobohaydarovga ayb eʼlon qiliş bilan boğliq holatlar tekşirilmoqda. Uşbu masala tergov harakatlari davomida hal qilinadi», – dedi Alişer Boboxöjayev.
U gumonlanuvçining IIB xodimlari tomonidan boşiga qop kiydirib olib kelinganini rad etdi. Şuningdek, uning salomatligidan şikoyat kelib tuşmaganini bildirdi.
«Bobohaydarov Haydarjon Farğona viloyati içki işlar boşqarmasining vaqtinçalik saqlaş hibsxonasida saqlanmoqda. Hibsxonada kuzatuv kameralari örnatilgan», – dedi prokuratura rasmiysi.
Haydarjon Bobohaydarovning advokati Hamidaxon Abdunazarovaning sözlariga köra, himoyasi ostidagi şaxsga nisbatan töplangan dalillar yetarli emas va hozirça unga taqdim etilmagan.
Advokat 29-avgust kuni viloyat IIB huzuridagi vaqtinça saqlaş hibsxonasida bölib, u bilan suhbatlaşgan. Blogerning hibsga olinişiga uning Söx voqealari vaqtida Boş vazirga viloyat hokimini lavozimidan oliş haqida taklif kiritganining aloqasi yöqligini, himoyasi ostidagi şaxs boşiga qop kiydirib olib ketilgani haqida heç narsa demaganini bildirdi.
Mana bu video-reportajda batafsilroq maʼlumotlar berilgan:
https://youtu.be/5zYxnWa8KTc
Izoh: eʼlon qilinayotgan maʼlumotlarda aniq sanalar haqida heç narsa aytilmayapti. Dadaxon Haydarov 22-avgust kuni olib ketilgani maʼlum, ammo unga nisbatan uşlab turiş tarzidagi ehtiyot çorasi qaysi kuni qöllangan, qaysi kuni sud muddatni 10 kunga uzaytirib beriş haqida ajrim çiqargan, öşa 10 kunlik muddat qaçon tugaydi, bular haqida heç narsa deyilmayapti. Bizning taxminiy hisob-kitoblarimiz böyiça, 23-avgust kunidan buyon rasman uşlab turilibdi va 2-sentabr kuni uning oçiqlikka çiqiş yoki çiqmasligi uzil-kesil maʼlum böladi.
Hozirda Dadaxon Haydarovning maqomi - gumon qilinuvçi. Demak, hali unga ayb eʼlon qiliş uçun yetarli asoslar topilmagan.
Agar şu 2-3 kun içida uning maqomi ayblanuvçi sifatida özgarsa, unda qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi uç oy muddatga (uşlab turiş vaqti hisobga olingan holda) qöllanilgan hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈
