Komil Allamjonov Sergey Yejkovni tuhmatda ayblab murojaat qildi

Matn7-aprel, 2022, 16:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Komil Allamjonov öziga nisbatan tuhmat qilgan deb hisoblab, UzmetronomCom sayti boş muharriri Sergey Yejkov ustidan tegişli organlarga murojaat qilibdi.

Bunga sabab, 21-fevral kuni Uzmetronom’da "Brilliantoviy malçik" sarlavhasi ostida maqola eʼlon qilingan va unda Allamjonov 4 mln 200 ming dollarlik tilla taqinçoqlarni Özbekistonga noqonuniy olib kirişda şerikçilikda ayblangan.

“Bu juda jiddiy ayblov — bu Jinoyat kodeksining 182-moddasi “Bojxona töğrisidagi qonunlarni buziş” oğir jinoyatini sodir etiş. Vaholanki, bu ğirt tuhmat va töqima ertakning özginasi”, - deb yozgan Allamjonov.

Endi uşbu iş tafsilotlari tergovda va balki sudda hal böladi.

Huquqşunoslikda oltin qoida bor, sening huquqing, özgalar huquqining çegarasida tugaydi.

Umuman olganda, har bir inson öz şaʼni va qadr-qimmatini qonuniy yöllar bilan himoya qilişga örganişi lozim. Bundan uyalmaslik kerak. Maqsadi qançalik ezgu bölmasin, samosud, bosimlar, senzura yoki lavozimidan foydalanib, turli maʼmuriy riçaglar orqali öz şaʼnini himoya qiliş notöğri yöl. Kim haq yoki kim nohaqligi odil va mustaqil sudlov orqali hal bölsin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 574
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek