Kimlar pedagogik faoliyat bilan şuğullana olmasligi belgilanmoqda
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganKimlar pedagogik faoliyat bilan şuğullana olmasligi belgilanmoqda
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilingan qonun loyihasida “Taʼlim töğrisida”gi qonunni 44-1-modda bilan töldiriş taklif etilmoqda.
https://regulation.gov.uz/oz/d/59104
Unga köra, quyidagilar taʼlim taşkilotlarida pedagog (professor-öqituvçi) sifatida faoliyat olib borişini taqiqlaş nazarda tutilmoqda:
1️⃣ sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan şaxslar;
2️⃣ qasddan sodir etgan jinoyati uçun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib taşlanmagan şaxslar;
3️⃣ hayotga, soğliqqa qarşi jinoyatlar, hayot yoki soğliq uçun xavfli bölgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoşlarga va axloqqa qarşi, şaxsning ozodligiga, şaʼni va qadr-qimmatiga qarşi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarşi, tinçlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarşi, Özbekiston Respublikasiga qarşi jinoyatlar, özgalarning mol-mulkini talon-toroj qiliş bilan boğliq bölgan jinoyatlar, jinoiy yöl bilan topilgan mol-mulkni oliş yoki ötkaziş, tijoratda pora evaziga oğdirib oliş yoxud nodavlat tijorat taşkilotining yoki boşqa nodavlat taşkilotining xizmatçisini pora evaziga oğdirib oliş, boşqaruv tartibiga, şuningdek odil sudlovga qarşi jinoyatlar, qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş, jamoat xavfsizligiga qarşi jinoyatlar, giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarşi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uçun ilgari hukm qilinganlar;
4️⃣ psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan şaxslar;
5️⃣ pedagoglik (professor-öqituvçilik) faoliyatini amalga oşirişga tösqinlik qiladigan kasallikka çalingan şaxslar.
👆Muhim joylari:
➖ ikkinçi va beşinçi xatboşilarida keltirib ötilgan holatlar bartaraf etilganda, yaʼni sudlanganlik olib taşlangan/tugagan yoki kasallikdan tuzalgan bölsa, yana pedagog sifatida işlaşga ruxsat beriladi;
➖ 1, 3 va 4-banddagilar umrbod pedagogik faoliyat bilan şuğulllana olmaydi;
➖ pedagoglik faoliyatini amalga oşirişga tösqinlik qiladigan kasalliklar röyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Muhokama 19-aprelga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1096


