Sertifikatga ega öqituvçilarga ustamalar tölanadi

Matn13-may, 2022, 09:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sertifikatga ega öqituvçilarga har oy qöşimça ustamalar tölanadi

Prezident farmoni bilan 2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantiriş böyiça milliy dastur tasdiqlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Unga köra, 2022-yil 1-sentabrdan boşlab Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy örta taʼlim muassasalarida:

✅ umumtaʼlim fanlari böyiça tegişli darajadagi sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga har oylik qöşimça ustama quyidagi tartibda tölanadi:

➖ xalqaro tan olingan sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

➖ xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholaş tizimida olingan sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholaş tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berişi vakolatli xalqaro taşkilotlar tomonidan tasdiqlangan bölişi lozim;

➖ xalqaro standartlarga javob berişi tan olinmagan DTMning milliy baholaş tizimida olingan sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (çet tili böyiça sertifikatlar bundan mustasno);

✅ xalqaro standartlarga javob berişi tan olinmagan DTMning milliy baholaş tizimida çet tili böyiça olingan sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga har oylik qöşimça ustama:

➖ 2025-yil 1-yanvarga qadar – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

➖ 2025-yil 1-yanvardan boşlab – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida tölanadi;

ℹ️ har oylik qöşimça ustama sertifikat amal qiliş muddati davomida, lekin uç yildan köp bölmagan vaqt mobaynida tölanadi;

❗️ umumtaʼlim fanlari böyiça bir neçta sertifikatga ega bölgan pedagog kadrlarga har oylik qöşimça ustama faqat bittasiga — yuqoriroq ustama oliş huquqini beruvçi sertifikat böyiça tölanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 790
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek