Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari
«ÖZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TÖĞRISIDA»GI QONUN
1991-yil 31-avgust
(ayrim qisqarişlar bilan)
1-modda.
Özbekiston Respublikasi, öz tarkibidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir.
2-modda.
Özbekistonning xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U öz hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oşiradi.
3-modda.
Özbekiston töla davlat hokimiyatiga ega, özining milliy-davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilişini, hokimiyat va boşqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi.
4-modda.
Özbekistonning davlat çegarasi va hududi daxlsiz va bölinmas bölib, uning xalqi öz xohiş-irodasini erkin bildirmasdan turib özgartirilişi mumkin emas.
5-modda.
Özbekistonda Özbekistonning Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. Özbekiston davlat idoralarning tizimi hokimiyatni qonun çiqaruvçi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratiş tartibi asosida quriladi.
6-modda.
Özbekiston Mudofaa işlari vazirligini tuziş, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat taşkil etiş huquqiga ega.
7-modda.
Özbekiston Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va örmonlar, ösimlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boşqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Özbekistonning milliy boyligi, mulki hisoblanadi.
8-modda.
Davlat mulki obyektlari, şuningdek davlat korxonalari, muassasalari va taşkilotlarining, şu jumladan Ittifoq qaramoğida bölib kelgan korxonalar, muassasalar va taşkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy işlab çiqariş, noişlab çiqariş va oborot yoki boşqa fondlari hamda özga mol-mulki, içki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi Özbekistonning mulkidir.
9-modda.
Özbekistonning mulkini davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş respublika qonunlariga muvofiq amalga oşiriladi.
10-modda.
Özbekiston öz hududida oltin, boşqa qimmatbaho metallar va toşlarni qazib çiqariş, qayta işlaş va saqlaşni mustaqil amalga oşiradi hamda nazorat qiladi, öz oltin zaxirasini yaratadi.
Özbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valyuta jamğarmalarida öz uluşiga ega.
11-modda.
Özbekiston öz pul birligi — milliy valyutasini joriy etişga, jami pul oboroti, pul va boşqa davlat qimmatli qoğozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilaşga haqli.
12-modda.
Özbekiston mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oşiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yiğimlar Özbekistonning Davlat byudjetiga va mahalliy byudjetlarga tuşadi.
13-modda.
Özbekiston çet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boşqa aloqalar örnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboşlaydi, xalqaro şartnomalar tuzadi, xalqaro taşkilotlarning aʼzosi bölişi mumkin.
14-modda.
Özbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bölib, çet el investitsiyalarini amalga oşiriş şartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, özining konversiya qilinadigan valyuta jamğarmasini yaratadi, oltin va boşqa zaxiralarini, ayirboşlanadigan valyutani sotadi va sotib oladi.
15-modda.
Özbekiston hududida Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda Özbekiston fuqaroligi joriy etiladi.
Özbekistonning barça fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy çiqişidan, qaysi dinga mansubligidan va eʼtiqodidan qatʼi nazar, bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida böladilar.
16-modda.
Özbekiston öz taraqqiyot yölini, öz nomini aniqlaydi, öz davlat ramzlarini: gerbi, bayroği, madhiyasini taʼsis etadi, öz davlat tilini belgilaydi.
Özbekiston davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlaş qonun bilan jazolanadi.
17-modda.
Özbekiston öz tarkibidagi Qoraqalpoğiston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini eʼtirof etadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Özbekiston tarkibidan tegişli qonunlar asosida erkin çiqiş huquqini saqlab qoladi.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
👉 @xushnudbek 👈
