Abituriyentlardan qöşimça tölov undirilişi haqida
Öqing, faqat yiğlamang. Kuliş ham tavsiya etilmaydi!
⚡️Abituriyentlarning aldangani haqida ikki oğiz
❗️Post tahrirlandi: Davlat xizmatlari agentligi abituriyentlardan qöşimça tölov undirilmasligini rasman maʼlum qildi.
07.06.2019-yili Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarori asosida Oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun hujjatlarni qabul qiliş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga köra, ayrim OTMlarga (ularning soni 5 ta) hujjat topşiriş Davlat xizmatlari markazi va Yagona portal orqali amalga oşiriladigan böldi.
Mazkur qarorda köpçilik eʼtibor qilmaydigan bir ayyorlik ötib ketibdi, biz ham keyin körib qoldik buni.
Qarorning 11-bandida avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan hujjat qabul qilişda EKIHning yarim baravari (101365 söm) miqdorida tölov undirilişi belgilangan.
Şu bandning özida mazkur tölovlar Davlat test markazi faoliyatini rivojlantiriş jamğarmasiga yönaltirilişi aytilgan. Ha, bu yangilik emas, bu haqida avvalroq PQ-4319-sonli Prezident qarorida ham aytilgan edi.
Bir qaraşda hammasi joyidadek. Ammo qarorga ilova qilingan Reglamentda abituriyentlarni syurpriz kutib turibdi.
❗️Reglamentning 11-bandida davlat xizmati körsatilganligi uçun avvalgi yilda tugatgan abituriyentlardan EKIH 50 foizi (101 ming 365 söm) miqdorida tölov olinişi belgilangan.
Bu pulning 50 foizi Adliya vazirligi huzuridagi jamğarmaga, 10 foizi Içki işlar vazirligining jamğarmasiga, qolgan mablağlar davlat byudjetiga ötkazilişi taʼkidlangan.
Nima bölganini tuşundingizmi? Demak, bundan çiqdi, TDYUU, QDU, SamDU, FarDU va GulDUga hujjat topşirmoqçi bölgan hamda öqişni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar 2 marta tölov qiladi:
1) DTM jamğarmasiga ötadigan 101 ming söm;
2) Adliya, Içki işlar va davlat byudjetiga ötadigan yana alohida 101 ming söm.
Jami: 202 ming söm.
Xulosa:
OTMlar orqali hujjat topşirsa - 101 ming söm;
DXMlar orqali hujjat topşirsa - 202 ming söm.
Bunday antiqa qaror yuzasidan bir neçta savollarimiz bor:
Birinçidan, “eski” abituriyentlardan tölov undiriş masalasi kötarilgan paytda, “bu pullar kelgusida DTM faoliyatini rivojlantiriş, test sinovlarining sifatini oşirişga sarflanadi”, deya tuşuntirilgan edi. Ammo abituriyent nima uçun Adliya, Içki işlar hamda davlat byudjetiga 101 ming söm pul tölaşi kerak? Bu qaysi mantiqqa töğri keladi?
Ikkinçidan, uşbu qaror umumxalq muhokamasiga qöyilmagan, heç qayerda eʼlon qilinmagan. Boşqalardan loyihani muhokamadan ötkazişni talab qiladigan Adliya nima uçun özi bunga amal qilmaydi? Imi-jimida özlariga bir neça yuz millionlab pul tuşadigan qarorni tasdiqlatib olganini qanday tuşuniş mumkin?
Uçinçidan, DXMdagi xodimlarning ham xizmat haqi bor, ular tekinga işlamaydiku, deyişingiz mumkin. Ammo 10 ta qatorning nari-berisi bölgan 1 varaq anketani töldiriş uçun 101 ming söm olasizlarmi-a?! Insof bormi özi?
Bu iş uçun nari borsa 5 ming söm xizmat haqi oliş mumkin. Ana bor, 10 ming söm. Lekin undan 1 söm köp pul oliş — qip-qizil talonçilik! 101 ming söm esa qaroqçilikning özginasi!
Eng ahmaqona joyi abituriyent internet orqali Yagona portaldan özi hujjatlarini yuborsa, yaʼni hamma mehnatni özi qilsa ham 90 ming söm tölaşi şart ekan. E, qoyiley.
Törtinçidan, bir paytlar DTM “eski” abituriyentlardan 202 ming söm olaylik, deb loyiha eʼlon qilganda, Adliyaning özi bunga qarşi çiqqan, “bu fuqarolarning konstitutsion huquqlariga zid” deya rosa PR qilgandi. Natijada tölov miqdori 101 ming sömga tuşirildi. Köpçilik Adliyani maqtadi, duo qildi.
Endi esa abituriyent baribir yana öşa 202 ming sömni tölaydigan böldi, faqat qolgan yarmini Adliya öziga oladi. Qalay, zörmi? ))) Boşidan “şu pullarni yarmini bizga beringlar”, deyişsa bölmasmidi, konstitutsiya-ponstitutsiya qilmasdan.
Post tahrirlandi: 12:40, 14.06.2019
👉 @xushnudbek 👈

