Toşkent-Almati poyezdi çiptalari narxidagi katta farq

Matn13-iyun, 2019, 22:591 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Davronbek Tojialiyev Feysbukda yozyapti:

«Qoilman! Negyayayaya?

Almati şahriga boriş uçun Toşkentdan poyezd biletlarini qidirdim. Bugunga bor ekan. Tezyurar Talgo poyezdi. Özbekiston temir yöllari saytiga kirib, narxini bildim: eng arzon bilet 328.824 söm. Kupe - 756.931 söm, lyuks - 1.091.103 söm. Saytda yozilişiça, çipta narxi bilan birga vositaçilik yiğimi ham olinarkan. MDH davlatlariga qatnaydigan poyezdlar uçun 70.000 söm. Jami 400.000 ga yaqin bölarkan. Qimmatlik qildi.

Bor-yey deb Çernyayevkadan Çimkentga yölga çiqdim. Taksida 1.500 tenge (33.000 söm) bilan Çimkent temiryöl vokzaliga yetib oldim. Şu yerdan ayni Toşkent-Almati poyezdidan Çimkentdan Almatigaça bilet oldim: 3.800 tenge (83.600 söm). Toşkentda 400.000 söm bölgan bilet Çimkent orqali menga 116.600 ga tuşdi.

Öşa reys, öşa poyezd, öşa vagonlar, öşa yöl. Toşkent-Çimkent orasi 130 km xolos. Bilet narxi esa kamida 3 baravar arzon.

Negyayayaya?»

Post tugadi.

P.S.: bu savolning javobi aniqku: MO-NO-PO-LIYA!!!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek