Mubin Mirzayev blogerlar haqidagi xabarlarga izoh berdi
Mubin Mirzayev: blogerlar böyiça notöğri maʼlumot bergan xodimlarga çora körildi
Bugun, 13-iyun kuni Davlat soliq qömitasida qömita raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev iştirokida jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Mubin Mirzayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan soliq qömitasi va blogerlar faoliyatiga oid xabarlarga izoh berdi.
«Har bir xabar asosli bölişi lozim. Taʼkidlaşim şart, blogerlarga oid tarqalgan gaplarni men gapirmaganman, ammo negadir bu xabarlar asosan mening suratim ostida eʼlon qilingani töğri bölmagan. Asossiz yoki aniq bölmagan maʼlumot bergan xodimlarimizga hayfsan berildi.
Şu örinda oydinlik kiritib ketsam – Davlat soliq qömitasining qonuniy faoliyat yuritayotgan biror şaxsga nisbatan qarşiligi yöq, aksinça har jihatdan qöllab-quvvatlaydi. Jumladan blogerlarni ham. Blogerlik faoliyatiga ham çeklov yöq.
Ammo şu blogerlik faoliyati doirasida reklama bilan ham şuğullanib, daromad olinayotgan bölsa, albatta tegişli tartibda röyxatdan ötib, soliqlarni tölaş lozim. Bloger mulkçilik şaklini özi tanlasin, istasa YTT, istasa yuridik şaxsga aylansin va xotirjam faoliyat yuritsin.
Endi telefoni olib qöyilgan bloger yigitga kelsak (Aziz Aşurbayev tadbirda iştirok etayotgandi), men sizdan uzr sörayman va sizga ham tegişli tartibda röyxatdan ötib, faoliyatingizni davom ettirişingiz uçun qölimdan kelgan yordamni beraman. Hattoki kreditlar olişga kömak berişga biz tayyormiz.
Alohida taʼkidlaşim kerak, soliq tizimi şaffof faoliyat körsatişida OAV katta rol öynamoqda. Eng muhimi xalqimiz tizimga işonsin», deya qömita raisining birinçi örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


