Qonun loyihalari muhokamasida özbek tilining örni

Matn13-iyun, 2019, 13:161 daqiqa0 koʻrish

​​Mavzuni davom ettirib.

Bizda şunaqa fikr şakllangan, xuddiki hujjatlar rus tilida muhokamaga qöyilsa, izohlar köproq yoziladi, özbekçada kamroq deb öylaymiz. Aslida bu unçalik ham haqiqatga yaqin emas.

Birgina misol. Adliya vazirligi «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasini ikkala tilda eʼlon qilgan.

Özbekça variantga 84 ta izoh qoldirilgan, rus tilidagi loyihaga esa birorta fikr bildirilmagan.

P.S.: men faqat özbekça bölsin, demoqçi emasman. Boşqa tillarda, jumladan rus tilida ham eʼlon qilinişga qarşimasman. Faqat har doim va har qanaqasiga ham özbek tilidagisi bölişi şart.

P.S-2: nima uçun regulation.gov.uz portalining özbekça versiyasida ham taşkilot nomlari rusça körinadi, şunisiga tuşunmayman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek