YHQda özbek tiliga hurmatsizlik töğrisida
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan

YHQda özbek tiliga hurmatsizlik töğrisida
Bizda azal-azaldan juda köp hujjatlar avval rus tilida yozilib, keyin özbekçaga ögirilar edi. Afsuski bu odat tusiga kirgandi. Ammo oxirgi vaqtlarda bu anʼana çekina boşladi. Rasmiy hujjat yuritişda özbek tili ham sekin-asta öz mavqeini tiklab bormoqda.
Ammo yangi tahrirda qabul qilingan YHQda xuddi avvalgisi kabi yana rus tili ustuvorligini köriş mumkin. Xususan, qoidalarning 6-bandida asosiy atamalar röyxati özbek tili alifbosi asosida tartiblanmagan (1-rasmga qarang). A dan keyin Y, V dan keyin T, Ç dan keyin O, xullas barçasi pala-partiş.
Amaldagi 2015-yilgi YHQda ham xuddi şunaqa edi (2-rasmga qarang). Özbek va rus tili versiyasini soliştirsangiz, atamalar rus tili alifbosi böyiça taxlanganini, özbek tilida esa betartibligini körişingiz mumkin.
Eng qiziği 2000-yilgi YHQda özbek tili ustuvor bölgan va atamalar özbek tili alifbosida tartiblangandi.
Balki bu mayda masaladek körinişi mumkin, lekin qaçongaça özbek tiliga hurmatsizlik davom etadi?
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1860




