Alifbo islohoti böyiça munosabat
Mendan söraşayotgani uçun, munosabatimni aytaman:
Alifbo islohotini töliq, ha-ha, TÖLIQ qöllab-quvvatlayman! Alifbo rasman özgargan kuniyoq kanalimda va barça joyda yangi alifboda yozişni boşlayman hamda kirill yozuvidan butunlay voz keçaman.
Yangi taklif etilayotgan alifbo ham ayrim kiçik jihatlarini inobatga olmasa, menga maʼqul!
Şu loyiha taşabbuskorlari tanqid va turli gap-sözlarga qaramasdan, qatʼiyat körsatişlarini xohlayman. Hukumat va yuqoridagi masʼullardan ham şunçaki omma fikrini emas, köproq mutaxassislar nuqtai nazarini eşitişlarini va ularga quloq solişlarini, alifboni isloh qilişlarini sörab qolaman.
Hozirça qisqa fikrim şu. Agar zaruriyat tuğilsa, keyinçalik alifbo islohoti nima uçun kerakligini batafsil tuşuntirişim ham mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


