Alifbo islohoti xalqni savodsiz qiladimi
Alifbo islohoti xalqni savodsiz qiladimi?
JAVOB: Yóq!
Lotin yozuviga asoslangan ózbek alifbosini isloh qiliş kun tartibiga çiqqanidan sóng, juda kópçilik bu haqida ijobiy fikrlarini aytişni boşladi. Tóǵri, jarayonlarni hamma ham xuşçaqçaqlik bilan kutib olmadi, ular yozuvdagi ózgarişlarni joiz emas, deb hisoblaşadi va bólayotgan işlardan jiǵibiyroni çiqib yurişibdi.
E’tiroz bildiruvçilarning asosiy argumentlaridan biri – xalqni savodsiz qilişning nima keragi bor! Axir şundoq ham kóp bora alifbomiz ózgargani yetmaydimi?
Xóş, rostdan alifbo islohoti natijasida xalq savodsiz bólib qoladimi? Uşbu voqealar qay darajada xavotirli?
Yuqoridagi gaplarni atayin özgarişi kutilayotgan alifbo böyiça yozdim. Eng avvalo bir savolga javob beringçi: yuqoridagi matnni öqişga qiynaldingizmi? Yoki biror joyi Sizga tuşunarsiz böldimi?
Hozir amalda bölgan lotin alifbosidan xabari borlar uçun bu yozuvlar tuşunarsiz bölganiga şaxsan men işonmayman.
Xalqni savodsiz qiliş deganda nima tuşuniladi özi? Matnda 1-2 ta xato bilan yozişmi? Unaqada savodli odamning özi qolmaydiku. Savodsizlik, bu - yozuvni körganda tanimaslik, öqiy olmaslik, yoza olmaslik bölsa kerak har holda.
Ha, bir narsani tan olib aytiş kerakki, jamiyatda alifbolar almaşuvi har doim ham oson keçmaydi. Bu, ayniqsa, turli avlod vakillari uçun qiyinçilik tuğdiradi. Masalan, özimizdan misol olaylik. 1993-yildagi qonun bilan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi joriy etilgaç, yillar ötib jamiyatda lotin yozuvini öqişni bilmaydigan katta avlod va kirill alifbosini tanimaydigan yoş avlod şakllandi. Xorijiy tilda emas, öz ona tilingda yozilgan yozuvni öqişga qiynaliş xalq uçun noqulaylik tuğdirişi şubhasiz, albatta.
Ammo bugungi kunda lotin alifbosiga kiritilayotgan özgarişlar xalqni savodsiz qilişi haqidagi daʼvolarga mutlaqo qöşilib bölmaydi.
Birinçidan, alifbo töliqligiça biridan boşqasiga almaşib ketayotgani yöq. Şunçaki, 4ta harfning şakliga juzʼiy özgariş kiritilmoqda, xolos. Buning natijasida xalq savodsiz bölib qolmaydi.
Ikkinçidan, alifboga mazmunan bittagina özgariş kiritilmoqda, yaʼni kirilçadagi «ts» harfi uçun yangi «s» harfi alifboga kiritilmoqda. Lekin bu harf ham mutlaqo közimiz uçun begona emas, uni yaxşi taniymiz.
Cirk, miliciya, innovaciya kabi sözlarni öqiy olmasdan, xalq savodsizga aylanişini tasavvur qiliş qiyin.
«NG» harfini alifbodan çiqarişning esa ziğirça issiq-sovuği yöq. Bu haqida alohida töxtalmoqçiman.
Yangi loyihada alifboga boşqa mazmunan birorta özgariş kiritiş taklif etilmayapti, unlilar ikki-uç xil körinişga özgartirilmayapti, yangidan yangi bizga notaniş harflar qöşilmayapti.
Uçinçidan, özgarayotgan harflar ham mutlaqo osmondan tuşgan va xalq uçun begona harflar emas.
«Şş» va «Çç» harflarini 1993-yildagi alifboni örganganlar yaxşi eslaşadi, keyingi avlodning aksariyat qismi ham bu harflarning «ş» va «ç» ekanligidan xabardor, bu bilan xalq savodsizga çiqib qolmaydi.
«Óó» va «Ǵǵ» harflari esa ançadan buyon qoraqalpoqlar alifbosida xuddi şu körinişdan foydalanib kelinadi, yaʼni Özbekiston uçun bu harf yetti yot begona emas. Agar şu variant tasdiqlansa bir Vatan içida yaşayotgan qoraqalpoq xalqi alifbosi bilan bir xil bölişi har jihatdan mantiqan töğri böladi.
Şunga köra, alifboga kiritilayotgan özgarişlar xalqni savodsiz qiladi, degan iddaolar yetarli asosga ega emas.
Órtoqlar, heç ham vahima qiladigan joyi yóq, işoning. Xudo xohlasa, barçasi yaxşi bóladi.
👉 @xushnudbek 👈


