Notariuslar faoliyatida SMS xabar tizimi joriy etilmoqda
Adliya vazirligi: notarius “SMS xabar” yuboradi
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1-iyunidan notariuslar faoliyatida “SMS xabar” elektron tizimi joriy etilmoqda.
“SMS xabar” da 2 ta juda muhim maʼlumot böladi:
Birinçisi, xabarda notarial harakatlar uçun mijoz tomonidan amalga oşirilgan tölovning aniq miqdori körsatilgan böladi. Yaʼni, notariat xodimi talabiga asosan yoki kassada mijoz tomonidan tölangan pul miqdorini SMS xabarda körsatilgan qonuniy tölovlar miqdori bilan soliştiriş imkoniyati paydo böladi.
Ikkinçisi, notarial harakatni oxiriga yetkaziş uçun SMS xabar orqali törtta raqamli kod mijozning telefoniga yuboriladi. Notarius uşbu tasdiqlovçi kodni elektron tizimga kiritgandan sönggina notarial harakatni amalga oşirişni rasman yakunlaşga ruxsat etiladi.
Bunda uşbu kod notarial harakatni amalga oşiriş uçun kalit vazifasini bajaradi.
Uyali telefoni yöq şaxslar bu yangilikdan qanday foydalanadi?
Bugungi kunda uyali telefoni yöq kişilar jamiyatimizda juda ozçilikni taşkil qiladi. Agar bunday holat bölsa, mijozning biror qarindoşi yoki tanişining telefoni orqali uşbu xabarni olişi va tasdiqlovçi kodni notariusga aytişi orqali notarial harakatni amalga oşirişi mumkin.
Şunday şaxslar ham topilmagan holda, istisno tariqasida notariat idorasi xodimlari telefon raqamidan foydalanişga yöl qöyiladi. Respublikadagi barça xodimlarning telefonlari oldindan bazaga kiritilgan böladi. Notariat idorasi xodimi telefon nomeridan foydalanilganda, elektron tizimga alohida belgi qöyiladi va adliya organlari tomonidan aynan bir xil telefon nomerlar qayta-qayta işlatilgan holatlarda avtomatik tizim yordamida doimiy nazorat qilib boriladi.
“SMS xabar” elektron tizimidan kutilayotgan natija:
1. Notarial idoralarda korrupsion holatlar bartaraf etilişiga sezilarli taʼsir qiladi.
2. Notariuslar tomonidan ortiqça pul undiriş imkoniyatini keskin çeklaydi (çunki har bir mijoz qonuniy qança pul tölanganini bilib oladi).
Agar mijozdan ortiqça tölov undirilganligi aniqlansa, şu zahoti Adliya vazirligining “1008” işonç telefoniga qönğiroq qiliş, bu haqda şikoyat qoldiriş yoki notariusning öziga tafovut sababi yuzasidan qatʼiy va juda noqulay savolni beriş mumkin böladi.
👉 @xushnudbek 👈

