Advokatlarni elektron tanlaş tizimi keçikmoqda

Matn6-iyul, 2020, 12:193 daqiqa0 koʻrish

Prezident qaroridagi vazifa 20 oydan buyon bajarilmayotgani uçun kim javob beradi?

Kuni-keça davlat rahbari odil sudlovni taʼminlaş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi vazifalarga bağişlangan katta selektor ötkazganidan xabaringiz bölsa kerak. Unda sohaga oid aççiq haqiqatlar aytildi, muammolarni bartaraf etiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.

Xususan, advokatura tizimidagi nuqsonlar ham tilga olingan. Masalan, quyidagi gapga eʼtiboringizni qaratmoqçiman:

«Davlat tomonidan taqdim etilgan advokatlarni tanlaşning oçiq-oşkora tartibi yöqligi bois ayrim tergovçilar öziga taniş advokatlarni çaqirib, ayblanuvçiga taʼsir ötkaziş hollari uçrab turadi. Masalan, Toşkent şahrida davlat tomonidan advokatlarga ötgan yili 7 milliard sömdan ziyod mablağ ajratilgan bölsa, uşbu mablağning teng yarmi 20 ta advokatlik firmasiga berilgan (jami 746 ta şunday firma mavjud).

Şu sababli tegişli vazirliklarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatadigan advokatlarni elektron tanlaş tizimini işga tuşiriş topşiriği berildi. Bu dastlab poytaxtimizda eksperiment tariqasida joriy etiladi», - deyiladi Prezident matbuot xizmati bergan xabarda.

Taʼkidlaş joiz, davlat rahbari tilga olgan uşbu masala advokaturaning juda ham oğriqli joylaridan biri. Xalq tilida «çöntak» yoki «dejurniy» deyiladigan bunday advokatlar haqiqatdan odil sudlovda tomonlar tengligiga bolta uradigan illatdir.

Aslida muammoning yeçimi uçun ilk qadamlar taşlab bölingan. Aniqroq aytadigan bölsak, 2018-yil 12-mayda «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oşiriş va advokatlarning mustaqilligini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5441-sonli Prezident qarori qabul qilingan edi.

❗️Mazkur qaror bilan tasdiqlangan advokatura institutini yanada takomillaştirişga doir kompleks çora-tadbirlar dasturining 14-bandida gumonlanuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçiga davlat hisobidan huquqiy yordam körsatuvçi advokatni avtomatik ravişda tanlaş böyiça maxsus elektron tizimni joriy etiş vazifasi belgilangan.

Uşbu band ijroçisi sifatida ikkita taşkilot — Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi belgilangan.

Ijro muddati 2018-yil 1-dekabr edi.

Lekin oradan 1 yarim yildan köproq vaqt ötgan bölsa-da, Prezident qarorida belgilangan uşbu vazifalar bajarilmadi, yaʼni advokatni avtomatik tanlaydigan elektron tizim yaratilmadi.

Balki şuning uçundir, davlat rahbari yana bir bor selektorda uşbu vazifa böyiça topşiriq berdi.

Va işonamanki, ana endi uning ijrosi tezlaşib ketadi, tez orada mutasaddi taşkilotlar elektron tizim işga tuşgani haqida maqtanib gapirişni ham boşlasa kerak, balki.

🤷‍♂️ Ammo meni boşqa savol öylantiradi: nima uçun rasmiy normativ-huquqiy hujjat bölgan Prezident qaroridagi band ijrosi salkam 2 yil paysalga solingan? Biror qarordagi vazifa bajarilişi uçun albatta Prezident uni majlisda oğzaki aytib, şaxsan topşiriq berişi şartmi?

Uşbu band ijrosi bajarilmayotgani haqida 1 yil oldin Kun.uz saytida çiqqan maqolamda ham kötarib çiqqandim. Ammo bu böyiça na Advokatlar palatasi, na Adliya vazirligi biror izoh berganini körmadim.

Köramiz, bu safar kimdir nima uçun Prezident qarori ijrosi 20 oydan buyon keçikkanligiga izoh berarmikin.

P.S.: agar şu tizim qarorda belgilangandek öz vaqtida yaratilganda, balki ötgan davr mobaynida yuzlab fuqarolarimizning huquqlari yetarli darajada himoya qilingan bölarmidi, kim bilsin...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek