Çöntak advokatlari va Prezident qarori ijrosining keçikişi
«Çöntak advokatlari» haqida: Prezident qarorining ijrosi nima uçun keçikyapti?
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Moliya vazirligi departamentining boş iqtisodçisi aytgan bir fakt keng muhokama böldi. Aytilişiça, Zangiota tumanida bir advokat 2-yanvar kuni bir kunda 162 odamga xizmat körsatgan ekan.
Bunaqalar «çöntak» yoki «dejurniy» advokatlar deyiladi. Quyidagi maqolada davlat bu kabi «çöntak» advokatlariga qaçon va qança miqdorda haq tölaşi haqida yozganman. Maqolaning oxiridan parça keltiraman, sayt orqali töliq öqib olişni tavsiya qilaman:
«Muammoning yeçimi bormi?
Bundayin «çöntak» advokatlari borligi, afsuski, jinoyat-protsessual qonunçiligining oğriqli nuqtalaridan biridir. Sababi bu kabi öz himoyasi ostidagi şaxslarning taqdiriga mutlaqo qiziqmaydigan, ularni himoya qiliş uçun ziğirça harakat ham qilib qöymaydigan, asosiysi tergovçi körsatgan joyga imzo qöyişdan nariga ötmaydigan qöştirnoq içidagi «advokatlar» misoli jamiyatdagi adolat tizimini kemirib yotgan kemiruvçilardir. Ular advokatura institutiga nisbatan xalq orasida işonçsizlik keltirib çiqaradi va eng asosiysi halol hamda öz kasbining fidoyisi bölgan boşqa advokatlarni isnodga qöyadi.
Aslida muammoning yeçimi uçun ilk qadamlar taşlab bölingan. Aniqroq aytadigan bölsak, ötgan yilning 12-may sanasida «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oşiriş va advokatlarning mustaqilligini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5441-sonli Prezident qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan advokatura institutini yanada takomillaştirişga doir kompleks çora-tadbirlar dasturining 14-bandida gumonlanuvçi, ayblanuvçi va sudlanuvçiga davlat hisobidan huquqiy yordam körsatuvçi advokatni avtomatik ravişda tanlaş böyiça maxsus elektron tizimni joriy etiş vazifasi belgilangan.
Bu nima degani?
Hozirgi tartibga köra, suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sud himoyaçi tayinlaş töğrisida sörov yuborganda (qoğozda), Advokatlar palatasining hududiy boşqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari 4 soatdan keçiktirmay jinoyat işi böyiça himoyaçining iştirokini taʼminlaydi. Yaʼni mana şu joyda inson faktori muhim rol öynaydi. Tergovçi qaysi advokatni xohlasa, öşani çaqirib oliş imkoniyati bor. Advokatlar palatasi qaysi advokatlik tuzilmasini tanlaşni, advokatlik tuzilmasi rahbari esa qaysi advokatni «dejurka»ga yuborişni özi belgilaydi. Ularning istaklari imkoniyatlari bilan hamohangdir. Inson faktori aralaşgan joyda esa, nimalar bölişini özingiz yaxşi bilsangiz kerak.
Prezident qarorida taklif etilayotgan tizim esa uşbu jarayonda inson faktorini çetga suradi, tasodifiy tanlaşga asoslangan maxsus elektron tizim avtomatik ravişda şu işda qaysi advokat qatnaşişini belgilab beradi. Bu birinçidan şaffoflikni taʼminlasa, ikkinçidan advokatlar örtasida tenglikni yuzaga keltiradi. Qaysidir advokat 1 kunda 162ta, yana boşqa biri 162 kunda 1ta davlat tomonidan haq tölanadigan işga tayinlanişiga çek qöyiladi.
Prezident qarori ijrosi nega 5 oy keçikmoqda?
Xöp, tizimku yaxşi ekan, lekin uning ijrosi qaçon böladi?
Agar Prezident qaroriga nazar taşlasak, mazkur band uçun ijro muddati 2018-yil 1-dekabr etib belgilangan. Qaror qabul qilinganiga salkam 1 yil böldi, belgilangan muddat ötib ketganiga esa 5 oydan oşdi. Ammo hali-hanuz bu tizim işga tuşgani yöq.
Qarorda mazkur tizimni yaratişga masʼul sifatida Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi belgilangan. Qiziq, uşbu ikki taşkilot nima uçun Prezident qarorida belgilangan topşiriqning ijrosi 5 oydan köproq vaqtga keçikayotgani va özi bu tizim qaçon amaliyotga joriy etilişi haqida biror izoh berarmikin?»
👉 @xushnudbek 👈
