CEFR va IELTS sertifikatlari masalasi qachon hal bo'ladi

Matn3-may, 2019, 10:182 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​CEFR va IELTS masalasi qaçon hal böladi?

#muştariydan_savol

Ta'lim tizimidagi aniq va hammani qiynayotgan real masalaga etiboringizni tortmoqchiman. Hammamizga malumki chet tillarini bilish darajasini aniqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan CEFR imtihoni orqali abiturientlarga imtiyoz berish o'tgan yildan joriy etildi, bu yilga kelib esa oxiri yo'q yo'lga kirib qolgandek, tizimdan regstratsiyadan o'tgan talabgorlar qanaqadur qaror qabul qilinishini kutib bekorga vaqt sarflamoqda

Ilgari ham bir yozgandim, qabul jarayonlarida abituriyentlarning bilimiga bevosita taʼsir etadigan özgarişlar kamida 1 öquv yili oldin eʼlon qilinişi kerak. Yoki juda bölmaganda 1-yanvargaça albatta tasdiqlanişi zarur. Imtihonga qisqa muddat qolganda kiritilgan özgarişlar muammoni köpaytiradi.

Masalan, ayrim yönalişlar uçun fan bloklarining almaşişini olaylik. Bunday özgarişlarni imtihonga 4-5 oy qolganda emas, aaança avval aytiş kerak emasmi? Balki bir fanni boşqasiga almaştiriş biz uçun oddiy hol bölib körinar, lekin bu abituriyentlar uçun qay darajada ulkan maşaqqat va muammo keltirib çiqarişini bilganimizda edi...

Yoki yuqoridagi masalani olaylik. IELTS kabi xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga ham testda maksimal ball berilişi haqidagi qaror loyihasi ötgan yili noyabr oyida eʼlon qilingandi. Lekin bugungaça tasdiqlanmadi. Bu esa abituriyentlarda ikkilaniş va tuşunmovçiliklarni kuçaytirmoqda. «IELTS sertifikatim bor, şu ötadimi yoki CEFR ham olişim kerakmi?» degan savol abituriyentlar uçun haqiqiy boş oğriq bölib turibdi.

DTM vakillari ham matbuot anjumanlarida «qaror tez orada qabul qilinadi», deyişdan nariga ötmayapti. Ularni ham töğri tuşunsa böladi, demak, loyiha allaqaçon Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va qaçon u yerdan tasdiqlanib çiqişini özlari ham bilişmaydi. Kutişdan boşqa iloji yöq. Xuddi nima qilişini bilmay boşi gangib yurgan minglab abituriyentlar kabi.

Xöş, qaçon tasdiqlanadi öşa qaror? Özi tasdiqlanişi aniqmi? Kimdir izoh bera oladimi?

Ötgan safar şu savolni berganimda tez orada, şu kunlarda deyişgandi, lekin şunga ham salkam 1 oy bölibdi. Mayli, kutaveraylikçi, işqilib bu qaror voqeasi ham ötgan yili Diplomatiya universitetiga qabul qiliş tartibi testga 3 kun qolganda tasdiqlangani kabi bölmasa böldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek