CEFR imtihonlari va sertifikat darajalari atrofidagi muammolar

Matn3-may, 2019, 10:253 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Komandirovkaga ketgan rahbar. Muammoga aylangan CEFR

Yuqoridagi mavzuni yana davom ettirib...

Şu kunlarda DTM tomonidan ötkaziladigan CEFR imtihonlari abiuriyentlarning asosiy muammosiga aylangan. Eng yomoni bu – arosat! Çet tillari bilan boğliq hozirgi holat esa abituriyent va ularning ota-onalarini arosatda qoldirgan. B1 yoki B2, şudir masala. IELTS ötadimi yöqmi, bu ham nomaʼlum.

Keling, yaxşisi muştariylarning ayrim mulohazalari bilan tanişamiz:

Bir masala yuzasidan murojaat qilayotgan edim. Mojaro mazmuni meni qizlarim SEFRga registratsiya qilinayotganda, kiriş imtihonlarida V1 sertifikat ötadimi yoki V2 sertifikat ötadimi, şu masala aniq emas edi. Şuning uçun DTM hammani V1/V2 deb registratsiya qildirgan. Şunday deb biz pul tölaganmiz. Öşa paytda bizga aytilganki, agar V1 sertifikat ötsa, V1 ga topşirasizlar, V2 ötsa, V2 sertifikatiga imtihon topşirasizlar deyilgan. Keça 1-may kuni qizlarim V1 ga imtihon topşirib çiqişdi, imtihon topşirib bölganlaridan keyin V1 sertifikat ötmaydigan böldi, faqat V2 ötar ekan deyişibdi. Endi biz V2 sertifikat uçun qayta röyxatdan ötib, sertifikat olişga ulgurmaymiz. Biz majbur V1 topşirdik, V2 hohlagan edik özimiz. Qizim yaqinda IELTS 7 olgandi, bu ham ötmas ekan deyişyapti. Odamlar norozi, gap-söz köpaygan, heç kim aniq bir gap ayta olmayapti.

Bu ota-onalar vakilining eʼtirozi. Endi bevosita abituriyentlardan birining gapiga quloq tutamiz:

Assalomu alaykum, Xurmatli Xushnudbek aka. CEFR imtihoni haqida bitta savol bilan murojaat qilmoqchi edim! Bugun 2 may kuni soat 8:30 B1 darajasi uchun imtihon topshirishim kerak edi. Lekin, auditoriyaga kirganimizda bizga B2 darajasi berildi. Arizada yozganimda B1 yozganman, lekin birinchi blok uchun yangi qaror chiqarilsa B2 ga o'zgartiriladi deyilgandi. Lekin, bu narsa imtihon topshirishdan 10 minut oldin B2 toshirasilar deb aytishdi. DTM ma'sul xodimlari aytishicha birinchi blok uchun B2 bo'lishi haqida qaror tayyormushu, lekin Vazirning xizmat safarida bo'lgani uchun qo'l qo'yilmapti! Auditoriyada 10-15 kishi buni eshitib hayron qoldik. Qogan barcha B2 deb kirgan ekan. Savol: shu qaror chiqmasidan oldin bizga B2 uchun imtihon olishlari mumkinmi? DTM xodimlari agar kim norozi bo'lsa imtihondan chiqib ketishi, B1 qilib bermasliklarini aytishdi. Majbur B2 Ollohga tavakkal qilib ishlab chiqdik! Shu haqida Kanalingizda aniqlik kiritib berishingizni iltimos qilib qolaman!..

“Komandirovka” haqidagi gaplar 1 yoki 2 kişiga emas, CEFR imtihoniga kirayotgan yuzlab abituriyentlarga aytilgan. Hatto ayrim kanallarda mana şu komandirovka böyiça sörovnomalar ham ötkazilyapti (rasmga qarang).

Qiziq, xizmat safari qança vaqt davom etişi mumkin, axir loyiha kiritilganiga bir neça oy böldiku. Mutasaddilar şunaqa masalalarni avvalroq taşkil qilib, xalq orasida noroziliklar kelib çiqişining oldini olsa bölmasmidi? Nimaga har doim bunaqa islohotlarni oyoğimiz bir etikka tiqilganda, tipirçilab, şoşa-pişa qilamiz? Yana qança kutiş kerak, heç bölmasa şuni aytişsin. 3 kun, 1 hafta, 1 oy?

P.S.: «taʼlimmi yoki çigit» degan tanlovda bugungi kunda çigitni tanlayotganimizni hammamiz yaxşi bilamizku, özimizni aldab nima qildik... Buyuk kelajak 🤷‍♂️

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek