DTM saytida 2022-yil bitiruvçilari uçun muammolar yuzaga keldi
❓Nega DTM saytida tugatgan yili sifatida 2022-yilni tanlab bölmayapti?
#abituriyent
✅ JAVOB: çunki ayrim taşkilotlar masʼuliyatsizlik qilayotgan ekan.
DTMning maʼlum qilişiça, joriy yil bitiruvçilari röyxatdan ötayotganda qayerni tugatganligi haqidagi maʼlumotni özlari kiritişmaydi. Ularning maʼlumoti avtomat çiqişi kerak. Yaʼni ular tahsil olgan taʼlim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bölsa, öşa vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.
❗️Aytilişiça, lekin ayrim taʼlim muassasalari tomonidan öz bitiruvçilari töğrisidagi maʼlumotlar tegişli bazaga töliq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn röyxatdan ötgan vaqtda ularning tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlari çiqmayapti.
✅ DTM bunday holatda abituriyentlardan tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlarini qölda mustaqil kiritmasdan, özlari tahsil olgan taʼlim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilişlarini maslahat bergan.
❓Xöp, haligaça bitiruvçilarining maʼlumotlarini kiritmagan taʼlim muassasalari qaysilar? Ular qaysi vazirlik yoki taşkilot tasarrufida? Xalq taʼlimi vazirligimi, Oliy va örta maxsus taʼlimi vazirligimi, Prezident taʼlim muassasalari agentligimi yoki umuman boşqa taşkilotmi? Kim öşa masʼuliyatsizlik qilayotgan? Bu haqda DTM xabarida heç narsa deyilmagan.
Ammo fakt şuki, joriy yilda bitirgan minglab yoşlar hujjat topşira olmayapti, texnik muammolarga duç kelişmoqda va nima qilişni bilişmayapti ham. Köpçiligi tuşunmasdan tugatgan yilini 2021-yil deb tanlab, testga kiriş uçun tölovni ham amalga oşirişmoqda. Vaholanki, joriy yil bitirganlar tölov qilmasligi kerak edi.
👉 @xushnudbek 👈


