Dehqonobodda yölovçi poyezdi vagonlari relsdan çiqib ketdi

Foto2-may, 2019, 15:431 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qaşqadaryoning Dehqonobod tumanidagi «Çaşmaihofizon» temiryöl stansiyasi yaqinida 1-mayga ötar keçasi «Özbekiston temir yöllari»ning «Dehqonobod—Boysun—Qumqörğon» yönalişida harakatlanayotgan yölovçi poyezdi vagonlari relsdan çiqib ketgan. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga köra, ağdarilgan vagonlarning yölovçilari avtobusda taşilgan. Hodisa haqida rasmiy axborot berilmagan, jabrlanuvçilar haqida maʼlumot (hozirça) yöq, - deb xabar bermoqda @daryo_live.

Avvalroq Dehqonobod tumani Oqrabot qişloği yaqinidagi temiryöl çökkani, oqibatda poyezd lokomotivlari yölga tiqilib qolgani haqida xabar berilgan edi. Yöl tinimsiz yoqqan yomğirlar oqibatida yumşab, öpirilgan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek