Çet tili sertifikatlari tizimidagi monopoliya va daromad

Matn28-noyabr, 2018, 20:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yuqoridagilarga qöşimça sifatida şuni aytiş mumkinki, qaror loyihasiga eʼtiroz bildirayotganlarning ayrimlari (hammasi emas) DTM tomonidan beriladigan Çet tilini biliş darajasi töğrisidagi sertifikat tizimining «bankrot» bölişidan va daromad kamayişidan xavotirga tuşişmoqda. Yaʼni mömay puldan qolib ketişni öylab ham tiş-tirnoği bilan qarşi bölişmoqda.

Loyiha ostiga qoldirilgan mana bu fikrni öqigaç, özingiz ham bunga amin bölasiz:

B1 daraja olish IELTS 5,5 ball olishdan murakkab. Yana bir jihati, hozirda milliy sertifikat uchun o‘tkaziladigan bitta imtixonda 5,5 -6 mingga yaqin talabgor ishtirok etyapti, har bir talabgor, imtixonda qatnashish uchun 304 ming so'm(1,5 oklad) to‘laydi. Hisob kitob qiling bitta imtixondan qancha pul tushadi. Ushbu qarordan so‘ng bu summa, bu sonlar keskin kamayadi. Endi hamma IELTSga o‘zini uradi, qimmat bo‘lsa ham, chunki 5,5 olish bu qiyin ish emas, lekin B2 daraja sertifikat olish bu haqiqatda qiyin. Shuni anglab yetishimiz kerak. Xullas, fuqorolik pozitsiyamdan kelib chiqib xulosa qilaman, bu band ya‘ni 1-blokka B2 daraja talab qilinishi yuqorida aytib o‘tganimdek, zarariga ishlaydi, hali bu davrga ham yetib boramiz, lekin hozir emas.

Tasavvur qilyapsizmi, DTM beradigan uşbu sertifikat uçun har bir imtihonda 2 mlrd sömga yaqin pul tuşar ekan. Yil davomida bir neçta ana şunday imtihon ötişini hisobga olsak, summa kiçkina emasligi aniq. Hali bu abituriyentlar uçun xolos. Bundan taşqari çet tili öqituvçilarning özi ham majburan imtihon topşirişadi. Ehheyeye...

Nima uçun butun dunyo tan oladigan IELTS yoki TOEFL kabi tizimlardan köra testda ball berişdan boşqa heç qayerga ötmaydigan milliy sertifikatni afzal bilişimiz kerak? Aqli huşi joyida abituriyent bundan keyin IELTSga tayyorlanişi tabiiy va bu juda töğri qaror. Çunki u olgan xalqaro sertifikat unga dunyo eşiklarini ham oçişi mumkin.

Aytgança, nima uçun milliy tizimga bunça köp odam topşirişini bilasizmi? Çunki ilgari testga faqat şu sertifikatgina imtiyoz berar edi. Siz garçi IELTS orqali hatto 7 yoki 8 ball olgan bölsangiz ham, lekin qölingizda B1 darajadagi milliy sertifikat bölmasa, heç kim tan olmasdi. Bir söz bilan aytganda - taʼlimdagi monopoliya!

Xudo xohlasa, kelgusi yildan köpni körgan insonlarning jonbozligi evaziga uşbu birmunça mantiqsiz qaror bekor böliş arafasida. Bu esa ayrimlarga yoqmasligi tabiiy. Har imtihondan milliardlab daromad qilayotganlar qöşqöllab qarsak çalmaydiku har holda.

Uşbu milliy tizim nafaqat abituriyentlar, balki öqituvçilarga ham qanday noqulayliklar keltirayotgani haqida imkoni bölsa balki keyingi postlarimda bayon qilarman. Bularning barçasi IMXO albatta.

Abituriyentlarga oid boşqa yangiliklar: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek