Çet tili sertifikatlari böyiça yangi tartib muhokamasi

Matn28-noyabr, 2018, 19:103 daqiqa0 koʻrish

Çet tilidan testda maksimal ball beradigan sertifikatlar haqida

Kuni-keça OTMlarga öqişga qabul qilişda milliy hamda xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilişga oid qaror loyihasi eʼlon qilindi.

Loyihaga köra, kelgusi yildan bakalavrda çet tili birinçi (asosiy) fan bölgan yönalişlarda testdan maksimal ball oliş va çet tilidan test topşirmaslik imtiyozi faqat B2 darajasidagi sertifikatga ega abituriyentlarga beriladigan böldi. 2 va 3-fanlar uçun B1 daraja kifoya.

Qaror loyihasiga berilgan fikrlardan körinadiki, aksariyat kişilar bundan norozi bölişmoqda. Norozi bölayotganlar asosan quyidagi fikrlarni taʼkidlaşmoqda:

Davlat taʼlim standartlari böyiça örta yoki örta maxsus tizimni bitirgan öquvçilar uçun B1 daraja belgilangan. Abituriyentlardan B2 daraja talab qiliş mutlaqo notöğri! Birdaniga B1 darajadan B2 darajaga sakraş adolatdanmi?

Uşbu masalada özimning şaxsiy fikrimni aytadigan bölsam, mazkur loyiha tarafdoriman va yuqoridagi eʼtirozlarga qöşilmayman. Quyida buni asoslaşga harakat qilaman:

Avvalo “abituriyentlardan B2 daraja talab qilişyapti” degan fikrning özi notöğri talqin. Çunki loyihada imtihondagi test savollari B2 darajada tuziladi deyilmayapti. Test savollari maktab/kollejni tugatgan öquvçiga qöyilgan darajada, yaʼni B1 da tuziladi. Agar DTM çet tilidan B2 darajada savollar tuzsa, ha, bu mutlaqo notöğri.

Loyihada kimlarga çet tilidan maksimal ball berib, ularni imtihondan ozod qiliş haqida gap ketyapti. Yaʼni imtiyoz haqida. Bu ikkisini farqlab olişimiz kerak.

Kimgadir imtiyoz berilgandan keyin, u öşa imtiyozga loyiq bölişi şart.

Özi asosiy (birinçi) fan çet tili bölgan yönalişlar köp emas, 3-4 ta xolos. Masalan, filologiya va tillarni öqitiş, tarjima nazariyasi va turizmga oid yönalişlar. Boşqa yönalişlarda çet tili birinçi fan emas.

Boz ustiga hamma yönalişlarda ham testda çet tili fanidan savollar bölavermaydi. Agar DTM joriy yil uçun eʼlon qilgan fanlar majmuasini tahlil qilsak, 28 xil blok mavjud bölsa, şundan atigi 13 tasida (50% ham emas) çet tili fani mavjud ekan. Qolgan bloklarda çet tili yöq.

Demak, xuddiki barça abituriyentlardan B2 talab qilişyapti, deb vahima qilişga asos yöq.

Bu masalaning bir tomoni. Boşqa tomondan qaraganda, ingliz tili filologiyasi yönalişiga hujjat topşirgan abituriyent ingliz tilini arxeologiya yönalişiga topşirgan abituriyentdan yaxşiroq bilişi kerakmi? Nima uçun oddiy maktab bitiruvçisiga qöyilgan talabni (B1) bilgani uçun ingliz tili va adabiyotiga topşirgan abituriyentga test sinovlarida maksimal (!) ball berib va uni testdan ozod qiliş kerak? Nima uçun?

Ingliz tili böyiça tarjima nazariyasi va amaliyoti yönalişida imtiyozga ega çiqmoqçimi, marhamat, hammadan bir boş balandroq ekanligini isbotlasin va B2 daraja bilan maksimal ball (30 tadan 30 ta töğri javob) olsin. Abituriyent hammadan zörroq emasmi, unda keçirasiz, marhamat qilib B1 darajada tuzilgan test savollariga el qatori javob bersin va zör bölsa, hammasiga töğri javob berib, öqişga kirsin.

Tarix, falsafa, milliy ğoya, psixologiya va h.k. yönalişlarga topşirgan abituriyentlar uçun esa B1 daraja ham bemalol kifoya qiladi. Maktab/kollej bitiruvçisiga qöyilgan darajada (ortiqça emas) bilimga ega ekanligini körsatsin va bemalol çet tili blokidan maksimal ball olib, şu fandan test topşirib ham ötirmasin. Nima muammo?

Azal-azaldan kiriş imtihonlarida boşqalarga taʼsir qiladigan imtiyozlarga qarşi bölganman. Masalan, harbiy tavsiyanomaga ega bölganlarning imtiyozi şular jumlasidandir. Agar mabodo imtiyoz berilsa ham, albatta öşa imtiyoz olayotganlar boşqalardan haqiqatdan ança zörroq bölişi şart. Yoki öta zörligini isbotlasin (masalan, xalqaro olimpiadalar, nufuzli tanlov ğoliblari), yoki hamma qatori testga kirsinda, bilimini soğlom raqobatda sinab körsin.

Albatta bularning barçasi IMXO.

Abituriyentlarga oid boşqa yangiliklar: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek