Abituriyentlar uçun çet tili sertifikati talablari
❗️Mantiqsizlik haqida: abituriyentlar maksimal ball olişi uçun çet tilini qay darajada bilişi kerak?
#abituriyent
Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019-yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga köra, 2020/2021 öquv yilidan boşlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bölganda, çet tilidan eng maksimal ball beriladi va abituriyent çet tilidan test işlamaydi:
ingliz tili uçun — IELTS 5,5 (bunda Toşkent davlat yuridik universiteti uçun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, CAE FCE hamda milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
yapon tili uçun —JLPT №2 yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
nemis tili uçun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
fransuz tili uçun — DELF, TCF4 yoki yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
boşqa tillar uçun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari böyiça V2 va undan yuqori daraja.
‼️ XULOSA: bu degani joriy yilda faqat B2 darajadagi sertifikati borlargina testdan ozod qilinib, maksimal ball tarzidagi imtiyozga ega böladi. Ötgan yildagidek B1 darajaga imtiyoz berilmaydi!
✅ Faqat birgina istisno, 2019-yil 1-yanvarga qadar B1 milliy sertifikat olgan abituriyentlar, sertifikatning amal qiliş muddati ötmagan bölsa, B1 daraja bilan ham maksimal ball olişadi. Bu qoida faqat DTM bergan sertifikatlarga taalluqli, IELTS yoki boşqa tizimlarga aloqasi yöq.
***
☝️ŞAXSIY FIKRIM: ötgan yili ham uşbu qaror qabul qilinganda öz eʼtirozlarimni aytgan edim. Yaʼni bakalavr uçun imtiyoz beriş darajasini B2 ga kötarib qöyiş mantiqsiz iş bölgan.
Birinçidan, B2 daraja hatto köplab çet tili öqituvçilarining özida yöq.
Maktablarda çet tilini öqitiş darajasini hammamiz yaxşi bilamiz, bu heç kimga sir emas. Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida B1-CEFR darajasida ingliz tilini özlaştirgan maktab bitiruvçilari sonini 2019-yilda 10%, 2021-yilda 20%, 2025-yilda 50% va 2030-yilga boribgina 100%ga çiqariş reja qilingan. Bu hali B1 daraja haqidagi reja. B2 ga yöl bölsin.
Şunday şaroitda abituriyentlardan imtiyoz uçun B2 daraja talab qiliş qay darajada töğri?
Ikkinçidan, 395-sonli VM qaroriga köra, magistratura imtihonlarida ham B2 daraja bölsa imtihonlarsiz maksimal ball beriladi. Endi oddiy mantiqni işga solingda, ayting, nima uçun bakalavrga ham, magistraturaga ham bir xil bilim talab qilinyapti? Qani mantiq?
Uçinçidan, qarorga köra xorijiy tillarga ixtisoslaşgan yönalişlarga (masalan ingliz tili filologiyasi) ham, tilga ixtisoslaşmagan yönalişlarga (masalan pensiya işi yoki statistika) ham B2 daraja talab qilinadi. Qani mantiq?
Xorijiy tillarga ixtisoslaşgan yönalişlar uçun B2 darajani saqlab qolgan holda, qolgan barça yönalişlarga B1 daraja uçun ham imtiyoz beriş kerak.
Törtinçidan, ötgan safar ham aytganimdek, B2 daraja yoşlar örtasida çet tillarini örganişga bölgan motivatsiyasini keskin öldiradi. Çunki B1 daraja talabi birmunça uddalaş oson bölgani sababli minglab yoşlarimiz şu bahona yoppasiga xorijiy tillarni örganişga urğu berayotgan edi. Bu esa jamiyat kelajagi uçun juda muhim faktor.
Lekin B2 daraja köpçilikning hafsalasini pir qiladi va ular tinçgina sertifikatga emas DTM testiga tayyorlanib qöya qoladi. Ammo testda eşitiş, gapiriş, yoziş könikmalari şart emas, şuning uçun yoşlar faqat testga tayyorlanadi xolos. Boşqaça aytganda tilni çala örganadi yoki umuman örganmasdan testda tavakkal belgilab çiqadi. Bundan kimga foyda? Undan köra, sertifikatlar uçun yengilroq talab qöyib, yoşlarni xorijiy tillarga qiziqtirgan yaxşi emasmi?
Xullas, körib turganingizdek, uşbu qarorda mantiqsizliklar köp. Şaxsiy fikrimça, toki xalq taʼlimidagi sifat talab darajasiga yetgunça, bunday baland talablarni qöymaslik kerak.
Şu kunlarda qabul jarayonlariga oid köplab qarorlar özgarişi kutilmoqda, balki şu fursatdan foydalanib, uşbu mantiqsizlikka ham çek qöyilsa yaxşi bölarmidi? Nima dedingiz?
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4


