Toşkentda koronavirusga çalingan 70 yoşli bemor vafot etdi

Matn6-iyun, 2020, 19:031 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Ön yettinçi ölim: koronavirusga çalingan 70 yoşli toşkentlik bemor vafot etdi

Şu yilning 27-may kuni poytaxtlik Ş. avtohalokatga uçrab, tez tibbiy yordam maşinasida boş miya yopiq jarohati dastlabki taşxisi bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi.

Öşa paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari köringanligi sababli tahlil olinadi. Ötkazilgan tekşiruv natijasida 70 yoşli (erkak) bemorda “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlanadi.

Şundan söng unga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

U avvaldan boş miya ösmasi, yurak işemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetişmovçiligi taşxisi bilan davolanib kelgan.

Sönggi kunlarda bemorda nafas yetişmovçiligini kuçayişi natijasida ahvoli keskin yomonlaşgan va sunʼiy nafas oliş apparatiga olingan. Körsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor miya şişi, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

Yurtdoşimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Qolgan bemorlarga şifo bersin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek