Toşkentda 42 yoşli koronavirusga çalingan bemor vafot etdi
⚡️Yigirma ikkinçi ölim: koronavirusga çalingan 42 yoşli toşkentlik bemor vafot etdi
Toşkent şahri Yunusobod tumanida yaşovçi, 42 yoşli D.X. (erkak) joriy yil 20-iyun kuni boş miya qon aylanişi ötkir buzilişi (insult)ning qaytalanişi bilan (2018-yilda birinçi marotaba insult bölgan) öta oğir holatda Respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
Bemorda 22-iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasiga ötkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlaşganligi sababli sunʼiy nafas beriş apparatiga olingan.
Biroq körsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor boş miya qon aylanişining ötkir buzilişi, ötkir nafas va öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etdi.
Yurtdoşimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Qolgan bemorlarga şifo bersin.
👉 @xushnudbek 👈

