Xotin-qizlarga tavsiyanoma berishdagi byurokratiya tanqidi

Matn28-iyun, 2020, 14:313 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Byurokratiya hidi ufurib turgan tartib

#abituriyent

Keça xotin-qizlarga ajratilgan davlat granti uçun qöşimça 940ta öringa daʼvogarlik qiliş huquqini beradigan tavsiyanoma oliş tartibi haqida maʼlumot berib ötgandim. Uşbu maʼlumotlarni Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining boşqarma boşliğining AOKAdagi brifingda aytgan sözlaridan tayyorlaganman.

Keçagi postga 250 ga yaqin izoh qoldirildi va aksariyat insonlar tartibdan norozi. Ularning şikoyatida esa jon bor.

Sababi xotin-qizlarga tavsiyanoma beriş tartibini körib, köz oldimga heç kimga kerak bölmaydigan bir dunyo qoğoz, tonnalab maʼlumotnomalar, turli eşiklar tagida sarğayib turgan ayollar keldi.

Jumladan, tartib böyiça bir qança savollarim bor.

Birinçidan, hujjatlar 10-iyulgaça qabul qilinadi deyilgan. Lekin nomzodlarning hujjatlarini tumanlar 8-iyulgaça viloyatga, viloyatlar esa 10-iyulgaça vazirlikka berişi kerak ekan. Iya, unaqada 8-9-10 iyul kunlari tumanga hujjat topşirgan xotin-qizlar taqdiri nima böladi? Nega muddatlarda bunaqa betartiblikka yöl qöyilgan?

Ikkinçidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlardan maʼlumotnoma, obyektivka nega kerak? Nima ular biror davlat taşkilotiga işga kirayotganmidiki (qonun böyiça aslida işga kirişda ham obyektivka söraş mumkin emas), obyektivka söralyapti? Çekka qişloqdagi sodda opa-singillarimiz obyektivkani, uni töldiriş tartibini qayoqdan bilsin? Va uni töldiriş uçun şaroit (kompyuter, printer, elektr) bor deysizmi? Xöp, imkon bor ham deylik, özi bunaqa ortiqça hujjatdan kimga nima foyda?

Uçinçidan, nima uçun xotin-qizlardan maktab, litsey yoki kollejdan maʼlumotnoma talab qilinyapti? Diplomini körsatsa yoki nusxa bersa yetmaydimi? Maktab yoki kollejni 10-15 yillar oldin tugatgan opalarimiz ham tavsiyanoma olaman desa, endi arxivma-arxiv sarson bölişi kerakmi? Yoki yaqindagina kollejni tugatgan bölsayu, lekin u kollej yopilib ketgan bölsa-çi, unda nima qiladi? Axir yurtimiz böylab ozmunça kollejlar yopilmadimi?

Yoki eng asosiysi hozir yoz oyi bölsa, hamma taʼtilga çiqib ketgan, maʼlumotnoma oliş uçun maktab yoki kollej maʼmuriyatini qayerdan topib kelişadi?

U maʼlumotnoma mazmuni qanday böladi? Nega bu haqda biror joyda batafsil maʼlumot eʼlon qilinmadi?

Törtinçidan, hozir karantin davri, juda köp tuman/şaharlar qizil hududda. Bundan taşqari qoğoz koronavirus infeksiyasini taşuvçi eng katta vositalardan biri ekanligi aytilayotgan bir paytda, nima uçun bir dunyo keraksiz hujjatlar talab qilinyapti? Axir bu salomatlik uçun ham xavfliku.

Nega tanlov sifatida imkoniyati borlarga onlayn ariza beriş usuli yaratilmadi? Buning uçun yuz millionlab mablağ sarflab, yangi sayt qiliş şartmas, oddiy Google Forms orqali ham masalani tekin hal qilsa böladi. Faqat buning uçun ozgina zamonaviy fikrlaş kerak, SSSRdan qolib ketgan obyektivkayu, byurokratiyani bir daqiqa unutib turiş lozim.

Xullas, savollar bisyor. Javob esa hozirça yöq. Men hali bu tizimning korrupsion jihatlari haqida lom-mim demayapman. Tavsiyanoma beriş uçun birorta asos yöq bölgan minglab şaxslar ham tavsiyanoma olişi ehtimoli katta. Mayli, bunga baribir çek qöya olmaydi, bu jamiyatimizning qon-qoniga singib ketgan «qadriyat».

Lekin heç bölmasa tavsiyanoma beriş tartibini sal tartibga keltirişsa yaxşi bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek