Xotin-qizlar 4%lik grantga tavsiyanomani qanday oladi
Xotin-qizlar 4%lik grantga tavsiyanoma oliş uçun nima qiliş kerak?
Köpçilik savol bilan murojaat qilib, xotin-qizlarning alohida toifalari uçun ajratiladigan davlat granti böyiça kvotalarga tavsiyanomalarni qanday oliş mumkinligini söraşmoqda.
Buning javobi quyidagiça:
👉 Tavsiyanoma olmoqçi bölgan xotin-qizlar Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining tuman/şahar bölimlariga murojaat qilişlari kerak;
👉 Talabgorlar quyidagi hujjatlarni topşirişi lozim:
1) tuman/şahar hokimi örinbosari nomiga ariza;
2) belgilangan talablardan biriga töğri kelişini tasdiqlovçi hujjatlar (ilovasi bilan);
3) maʼlumotnoma, obyektivka;
4) umumtaʼlim maktabi yoki örta maxsus kasb-hunar muassasasidan maʼlumotnoma;
5) pasport yoki tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma nusxasi.
👉 Hujjatlar 10-iyulgaça qabul qilinadi;
👉 Tuman bölimlarida taşkil etilgan işçi guruh talabgor qizlarning hujjatlarini viloyat boşqarmalariga 8-iyulga qadar taqdim etadi;
👉 Viloyat boşqarmalari tomonidan esa hujjatlar körib çiqilib, 10-iyulga qadar vazirlikka yuboradi;
👉 Xotin-qizlarga tavsiyanomalar 15-iyulga qadar beriladi;
👉 Tavsiyanomalar berilgan xotin-qizlar haqidagi maʼlumotlar 20-iyulga qadar DTM bazasiga kiritiladi.
✅ Tavsiyanoma quyidagi toifalarga beriladi:
➖ kam taʼminlangan oiladan çiqqan xotin-qizlar;
➖ ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
➖ 14 yoşgaça bölgan 2 va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida yaşayotgan yolğiz ayol (erkak)larning qizlari;
➖ şaxsiy uy-joyga ega bölmagan, ijarada yaşayotgan oilalar;
➖ ota-onalardan biri yoki har ikkisi işsiz bölgan va iş qidiruvçi şaxs sifatida aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarida hisobda turganlar;
➖ nogironligi bölgan farzandi bor oilalardan çiqqan xotin-qizlar;
➖ oliy maʼlumotli xotin-qizlar bilan qamrab oliş darajasi respublikaning örtaça körsatkiçlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bölgan tumanlar, şuningdek, olis va boriş qiyin bölgan hududlarda yaşovçi oilalardagi qiz farzandlar (ularni öz hududida 3 yil işlaş şarti bilan).
👉 @xushnudbek 👈



