Abituriyentlar test topşiriş hududini özlari tanlaydi

Video27-iyun, 2020, 10:363 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Testni qaysi hududda topşiriş mumkin?
#abituriyent

Ötgan yildan boşlab abituriyentlar testni özlari oldindan tanlagan istalgan hududda topşirişlari mumkin. Test topşiradigan joyi aynan OTM joylaşgan yoki özi yaşaydigan hudud bölişi şart emas.

Aytaylik, qoraqalpoğistonlik abituriyent Toşkentdagi 5ta OTMga hujjat topşirdi, deylik. Lekin arizasida testni Qoraqalpoğistonda topşiraman deya belgiladi. Demak, u Toşkentga borişi şart emas, testni Nukusda topşiradi. Qaçonki öqişga kirgan taqdirdagina, keyin Toşkentga keladi.

Umuman olganda bu yaxşi tartib. Köplab ovogarçilik va ortiqça xarajatlarning oldi olinadi.

❗️ESLATMA: tağin abituriyentlar «istalgan joyda test topşirişim mumkin ekan» deb, test kuni duç kelgan joyga borib ötirmasin, test topşiriş hududi oldindan belgilanadi. Röyxatdan ötayotganda test topşiriş joyini yetti ölçab bir kesgan holda tanlaş kerak, çunki hududni keyinçalik özgartirib bölmaydi. Masalan, hujjat topşirayotganda Toşkentni tanlab, keyin test kuni Andijonga boriş befoyda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek