Xotin-qizlar uçun OTMga qöşimça grant tartibi belgilandi
⚡️ Xotin-qizlar uçun qöşimça grant asosida OTMga kiriş tartibi belgilandi
#abituriyent
Hukumat qarori (402-son, 23.06.2020 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalariga qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanoma beriş va ularni öqişga qabul qilişni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
✅ Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi: ⬇️
🔻 kam taʼminlangan oiladan çiqqan xotin-qizlar;
🔻 töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
🔻 14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida yaşayotgan yolğiz ayol (erkak)larning qizlari;
🔻 şaxsiy uy-joyga ega bölmagan, ijarada yaşayotgan oilalar;
🔻 ota-onalardan biri yoki har ikkisi işsiz bölgan va iş qidiruvçi şaxs sifatida aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarida hisobda turganlar;
🔻 nogironligi bölgan farzandi bor oilalardan çiqqan xotin-qizlar;
🔻 oliy maʼlumotli xotin-qizlar bilan qamrab oliş darajasi respublikaning örtaça körsatkiçlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bölgan tumanlar, şuningdek, olis va boriş qiyin bölgan hududlarda yaşovçi oilalardagi qiz farzandlar (ularni öz hududida 3 yil işlaş şarti bilan).
✅ Nizom bilan tavsiyanoma oliş tartibi belgilandi.
☑️ Unga köra, har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar beriş böyiça işçi guruhi tuziladi.
➡️ Tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari tavsiyanoma oliş maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10-mayga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmalariga taqdim etadi.
🌐 Işçi guruh tomonidan saralab olinib, qöşimça qabul körsatkiçlari uçun tanlovda iştirok etişga tavsiya etilgan xotin-qizlarning röyxati har yili 15-iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
⏳Tavsiyanoma oliy maʼlumot oliş istagida bölgan xotin-qizlarga 3 yildan köp bölmagan muddatga beriladi.
❗️Tavsiyanoma ajratilgan qöşimça tört foizli davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida abituriyent sifatida röyxatdan ötişida tanlagan birinçi taʼlim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etiş huquqini beradi, ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim oliş uçun tanlovda iştirok etişga nisbatan tatbiq etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
