Xotin-qizlar uçun 4 foizlik imtiyoz va ötiş ballari

Matn23-avgust, 2021, 10:372 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz yuzasidan ayrim tuşuntirişlar. Hududlarda ötiş bali qança böldi?

#abituriyent

Test javoblari çiqqandan keyin köpçilik "nima uçun menga xotin-qizlarga berilgan 4%lik imtiyoz bali qöşilmadi?" deb savol bermoqda. Bu böyiça ayrim tuşuntirişlarni berib ötmoqçiman.

👉 Birinçidan, "mening balimga imtiyoz qöşilmabdi, endi qöşilarkan", deb öylayotganlar adaşyapti;

‼️ Ikkinçidan, 4% lik imtiyoz bu ball qöşib beradi, degani emas. Köpçilik özim töplagan balimga yana ball qöşib berilişi kerak edi, nega qöşilmadi deb hayron bölib yuribdi. Sizga notöğri maʼlumot berişgan, bu imtiyoz doirasida heç qanaqa qöşimça ball berilmaydi;

Bu imtiyoz nima berişi haqida mana bu yerda batafsil tuşuntirganman, havolaning ustiga bosib, eʼtibor bilan qayta öqib çiqing:
https://t.me/xushnudbek/10113

👉 Uçinçidan, yana köpçilik tavsiyanoma oldim degani, grantga 100% kirdim degani, 68 balldan oşirsam, böldi, deb öylamoqda. Bu ham notöğri. Tavsiyanoma olişning özi öqişga kirdi, degani emasdi, öqişga kiriş uçun kerakli balni ham töplaş, yaʼni bilim ham muhim edi.

Jumladan, 2021-yilda hududlar kesimida tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun ötiş bali hozirça quyidagiça bölib turibdi:

Navoiy — 151,2
Buxoro — 141,75
Sirdaryo — 141,31
Qoraqalpoğiston — 140,7
Jizzax — 137,55
Qaşqadaryo — 130,2
Farğona — 128,1
Namangan — 127,4
Xorazm — 127,05
Surxondaryo — 126
Samarqand — 122,85
Andijon — 110,25
Toşkent viloyati — 103,95
Toşkent şahri — 98,7

Yaʼni uşbu hududdan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar mana şunça ball töplay olsagina, özi topşirgan OTMga davlat grantiga kiradi. Bundan pastroq ball töplaganlarga 4%lik imtiyoz qöllanmaydi. Ular umumiy asosga köra, yaʼni özlari töplagan ball bilan el qatori tanlovda iştirok etadi. Bali yetsa grant yoki kontraktga kiradi, bali yetmasa, kira olmaydi.

Eslatma: yuqoridagi hududlar böyiça ötiş ballari dastlabki hisob-kitoblar bölib, rasmiy maqomga ega emas. Bugun bölib ötadigan qöşimça test sinovlaridan keyin özgarişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek