Öqişini köçirgan talabalarga taʼlim krediti beriş tartibi

Matn22-avgust, 2021, 15:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Öqişini köçirgan talabalar qaysi hollarda taʼlim krediti olişi mumkin?

Buning javobi oddiy. Bazaviy (oddiy) tölov-kontrakt asosida öqişini köçirgan bölsa, bemalol taʼlim krediti olişi mumkin. Agar tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt (super-kontrakt) asosida öqişini köçirgan bölsa, unda taʼlim krediti berilmaydi. Yana ham tuşunarli bölişi uçun:

Quyidagilarga taʼlim krediti beriladi:

✅ Xorijdan öqişini köçirib, imtihonda ötiş balidan yuqori ball olgan bölsa;
✅ Özbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan öqişini mos va turdoş yönalişga köçirib, imtihonda ötiş balidan yuqori ball olgan bölsa;
✅ bir davlat OTMidan boşqasiga öqişini uzrli sabablar bor bölgan holatda mos va turdoş yönalişga öqişini köçirgan bölsa;
✅ yönalişi va OTMni özgartirmagan holda faqat taʼlim şaklini (kunduzgidan sirtqiga va h.k.) yoki taʼlim tilini (özbekdan rusga va h.k.) özgartirgan bölsa.

Quyidagilarga taʼlim krediti berilmaydi:

❌ Xorijdan öqişini köçirib, imtihonda ötiş balini töplay olmagan bölsa;
❌ Özbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan öqişini köçirib, imtihonda ötiş balini töplay olmagan bölsa;
❌ Özbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan öqişini mos va turdoş bölmagan yönalişga köçirgan bölsa;
❌ bir davlat OTMidan boşqasiga öqişini uzrli sabablar yöq bölgan holda köçirgan bölsa;
❌ bir davlat OTMidan boşqasiga öqişini mos va turdoş bölmagan yönalişga öqişni köçirgan bölsa;
❌ bir OTM içida boşqa yönalişga uzrli sabablar yöq bölgan holda yoki mos va turdoş bölmagan yönalişga öqişini köçirgan bölsa.

👉 @xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek