Taʼlim kreditining yangi tartibi haqida maʼlumot
Manba:Xushnudbek.uz
❗️ Taʼlim kreditining yangi tartibi haqida maʼlumotlar
✔️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim taşkilotlarida tölov-kontrakt asosida öqiş uçun taʼlim kreditlari ajratişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori (№527, 18.08.2021 y.)
✔️Kredit miqdori: talaba va OTM örtasida tuzilgan tölov-kontrakt şartnomasi miqdorida
✔️Muddati: öqiş muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan söng yettinçi oydan boşlab 7 yil muddatga
✔️Foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14%).
✔️Asosiy stavka özgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka kötarilsa, unda kredit foizi özgarmaydi (yaʼni kötarilmaydi).
✔️Kimlarga beriladi: taʼlim krediti
✅ kunduzgi taʼlim şakliga
✅ bakalavr yoki magistrga
✅ tölov-kontrakt asosida öqişga kirgan
✅ yoki öqişini köçirgan talabalarga beriladi.
❌ super-kontrakt uçun yoki maxsus sirtqi, keçki va sirtqi taʼlim şakllari uçun taʼlim krediti berilmaydi.
✔️Qaysi OTMlar uçun: taʼlim krediti Özbekistondagi
✅ davlat
✅ nodavlat
✅ xorijiy OTMlar yoki ularning filiallari
✅ qöşma dasturda öqiydigan talabalarga beriladi.
❌ Xorijda joylaşgan OTMlarda öqiş uçun taʼlim krediti berilmaydi.
✔️Kafillik: kredit oluvçining doimiy daromad manbaiga ega bölgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari taʼlim krediti şartnomasida birgalikda kredit oluvçi sifatida qatnaşişlari mumkin.
✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat Özbekiston fuqarolari uçun beriladi. Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga banklarning özlari tijoriy şartlarda taʼlim krediti berişi mumkin.
✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) talaba va OTM örtasidagi şartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilişining taʼminoti böyiça hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti böyiça garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovçi maʼlumotnoma (agar bölsa);
d) bankning içki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boşqa hujjatlar, şu jumladan, birgalikda kredit oluvçiga tegişli maʼlumot va hujjatlar.
✔️Ariza körib çiqiliş vaqti: ariza 5 iş kunida körib çiqilişi va kredit şartnomasi imzolanişi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi körsatilgan javob xati beriladi.
✔️Muddatdan oldin qaytariş: kredit oluvçi taʼlim kreditini şartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarişga haqli.
Taʼlim krediti mavzusida ovozli çatni eşitiş:
https://t.me/xushnudbek/10938
Öqişni köçirganlar qaçon taʼlim krediti olişi mumkin:
https://t.me/xushnudbek/10942
10 mln söm taʼlim krediti oliş uçun oyiga qança oylik iş haqi talab etiladi:
https://t.me/xushnudbek/10950
👉 @xushnudbek 👈


