Taʼlim krediti oliş tartibi va şartlari

Matn13-sentabr, 2019, 18:001 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Taʼlim krediti haqida batafsil (1-qism)

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 26.07.2001-yildagi “Oliy öquv yurtlarida tölov-kontrakt asosida öqiş uçun taʼlim kreditlari beriş töğrisida”gi 318-sonli qarori

Kredit miqdori: talaba va OTM örtasida tuzilgan tölov-kontrakt şartnomasi miqdorida

Muddati: bakalavr bosqiçi uçun - 10 yilgaça, magistratura bosqiçi uçun - 5 yilgaça.

Foizi: ikki xil kategoriya böyiça turli foizlarda beriladi:

a) çin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga - nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);

b) talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalaş stavkasidan yuqori bölmagan miqdorda (hozir 16%).

Kimlarga beriladi: OTMlarga tölov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning özlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga.

Kredit taʼminoti: kredit taʼminoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir neçtasi taqdim etilişi mumkin:

a) mol-mulk yoki qimmatli qoğozlarni garovga qöyiş;
b) bankning kafolati;
v) uçinçi şaxsning kafilligi;
g) suğurta kompaniyasining qarz oluvçining kreditni qaytara olmasligi xavfi suğurta qilinganligi töğrisidagi suğurta polisi;
d) fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining kafilligi (faqat çin yetimlar va «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam taʼminlangan oilalardan çiqqanlar uçun).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek