Taʼlim krediti oliş tartibi va şartlari
Manba:Xushnudbek.uz
Taʼlim krediti haqida batafsil (2-qism)
Qanday hujjatlar kerak?
Taʼlim kreditini oliş uçun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) talaba va OTM örtasidagi şartnoma (kontrakt);
v) mahalladan yaşaş joyi töğrisida maʼlumotnoma:
g) kreditni qaytarişning taʼminlanişi töğrisida hujjat;
d) imtiyozli taʼlim kreditlari oliş huquqiga ega bölgan şaxslar tegişli tasdiqlovçi hujjat.
Ariza qança vaqtda körib çiqilişi kerak?
Ariza bank tomonidan 10 iş kunida körib çiqilişi va kredit şartnomasi imzolanişi kerak. Agar kredit berilmasligi töğrisida qaror qabul qilingan taqdirda arizaçiga kredit berişning rad etilişi sababi körsatilgan yozma xulosa berişi lozim. Sizga şunçaki oğzaki rad javobi berişlariga yöl qöymang. Yozma ariza qoldiring va banklar albatta asoslangan yozma javob berişsin. Bu kelgusida asossiz rad qilinganlik uçun şikoyat qiliş huquqini beradi.
Kredit qaçon tölanadi?
Taʼlim kreditlari böyiça mablağlar har yarim yilda yillik kontrakt miqdorini ikki teng qismga böliş yöli bilan ötkaziladi. Bunda, 1-kurslar uçun 1-yarim yillikda 1-oktabrgaça, 2-yarim yillikda 15-martgaça tölanişi mumkin. 2-kursdan boşlab sentabr va mart oyining 5-sanasidan keçiktirilmasdan tölanadi.
Kam taʼminlanganlar uçun imtiyoz bormi?
Kam taʼminlangan oilalardan bölgan talabalar uçun kredit böyiça qöşilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka kömaklaşiş va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş markazlari tomonidan Iş bilan taʼminlaşga kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlaridan tölanadi.
Maxsus sirtqi, keçki va sirtqi taʼlim uçun ham taʼlim krediti olsa böladimi?
Nizomga köra, taʼlim krediti faqat kunduzgi bölimlarda öqiyotgan talabalarga beriladi. Şunga köra, maxsus sirtqi, keçki va sirtqi bölimlar uçun taʼlim krediti ajratiş nazarda tutilmagan.
Xorijlik fuqarolar ham taʼlim krediti olişi mumkinmi?
Yöq. Nizomga köra, taʼlim krediti faqat Özbekiston fuqarolariga beriladi. Fuqaroligi bölmagan şaxslar ham Nizomda nazarda tutilmagan.
Super-kontrakt uçun taʼlim krediti oliş mumkinmi?
Yöq. Bu haqida mana bu yerda batafsil yozganman.
https://t.me/xushnudbek/777
Lekin banklar super-kontrakt uçun kattaroq foizlarda oddiy kredit berişi mumkin. Buni özlari hal qiladi.
Agar talaba talabalar safidan çetlatilsa nima böladi?
Agar talaba öqiş davri tugamasdan talabalar safidan öçirilsa, OTM rahbariyati rektor (direktor)ning buyruği çiqqan kundan boşlab 10 iş kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berişi kerak, qarz oluvçi esa öz navbatida uç oy muddatda taʼlim krediti va unga qöşilgan foizlar böyiça qarzlarni töliq qaytarişi lozim.
Agar OTM öz vaqtida bankni ogohlantirmasa nima böladi?
Talabaning talaba safidan çiqarilişi OTM tomonidan bankka öz vaqtida maʼlum qilinmagan taqdirda, OTM uşbu davr uçun hisoblangan foizlarni bankka tölaşga majbur.
Faqat uşbu şartlar şartnomada aks etgan bölişi kerak.
Kreditni muddatidan oldin yopsa böladimi?
Ha, kreditni muddatdan oldin qaytariş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

