O‘qishni ko‘chirish arizasi holati nimani anglatadi
❓Öqişini köçirmoqçi bölganlar uçun “Arizangiz qabul qilindi” nimani anglatadi?
Agar siz bir davlat OTMidan boşqasiga yoki bir OTM içida bir yönalişdan boşqasiga köçiriş uçun ariza bergan bölsangiz va transfer.edu.uz saytidagi şaxsiy kabinetingizda “Arizangiz qabul qilindi” degan yozuv çiqqan bölsa, bu öqişni köçirişga ruxsat berildi, degani emas. Bu yozuv şunçaki birlamçi texnik tekşiruvdan muvaffaqiyatli ötib, arizangiz komissiya körib çiqişi uçun qabul qilinganini bildiradi.
Tez orada arizangizni tegişli komissiya körib çiqadi va öz xulosasini maʼlum qiladi.
Agar komissiya uzrli sabab sifatida körsatgan vajlaringizni asosli deb topsa, bazaviy (oddiy) tölov-kontrakt asosida öqişni köçirişga ruxsat beradi.
Agar uzrli sabab mavjud emas deb topsa, unda tabaqalaştirilgan (super-kontrakt) tölov-kontrakt asosida öqişni köçirişga tavsiya etadi. Bunday holatda öşa talaba öqişni köçiriş uçun ariza bergan yönalişida super-kontrakt tölab öqişga majbur emas. Talabaning şaroiti kötarsa öqiydi, yöqsa özining avvalgi joyida öqişini davom ettiraveradi. “Öqişni köçiriş uçun ariza bergan ekansan, endi bizda öqimaysan”, deb talabalar safidan çiqarişmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


