Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Içki «perevod»da super-kontrakt bölmaydi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAudio6 daqiqa0tahrirlangan

Audio

4:38

Içki «perevod»da super-kontrakt bölmaydi

Içki «perevod» deganda quyidagi 2 ta holat nazarda tutilmoqda:

1) bitta OTM içida yönalişni özgartiriş;
2) bitta hudud içida boşqa OTMga özgartiriş.

Xabaringiz bor, joriy yilda Prezidentning PQ-5157-sonli qarori bilan öqişni köçiriş tartibiga özgariş kiritildi. Ammo uşbu Prezident qarorida içki «perevod» haqida heç qanday qoida belgilanmagan. Demak, içki «perevod» Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom orqali amalga oşiriladi. Demak, bunda super-kontrakt haqida heç qanaqa gap bölişi mumkin emas.

❗️Xullasi kalom, içki «perevod»larda quyidagiça holat bölişi mumkin:

1) agar uzrli sabab deb topilsa va OTMda imkoniyat bölsa, ariza qanoatlantiriladi va oddiy kontraktda öqiladi;
2) agar öqişni köçirişga arziydigan uzrli sabab bölmasa yoki OTMda yangi talaba qabul qiliş imkoniyati bölmasa, unda ariza rad etiladi.

ℹ️ Bu qoida boşqa hududga öqişini köçirayotganlarga taalluqli emas.

Töliq suhbat: t.me/xushnudbek/11184

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek