Buvaydalik abituriyentlar Özbekistonda eng yuqori ball oldi
Buvaydalik abituriyentlar Özbekiston böyiça eng yuqori örtaça ballni qayd etişdi
Ötgan safar kanalimiz orqali test sinovlaridagi umumiy örtaça ball böyiça hududlar reytingini eʼlon qilgan edik. Unda Buxoro viloyati eng yuqori umumiy örtaça ballni qayd etgan edi.
Hozir esa tuman va şaharlar reytingini taqdim etamiz. Eʼtiborli tomoni, Özbekistondagi eng yuqori natija qayd etgan TOP-20 tuman/şahar röyxatida asosan Farğona (7 ta) va Buxoro (8 ta) viloyatlaridagi tuman/şaharlar örin olgan. Şuningdek, Toşkent şahridan 4 ta, Navoiy viloyatidan 1 ta tuman TOP-20 ga kira olgan.
Tuman/şaharlar reytingida eng yuqori körsatkiçni esa Farğona viloyatining Buvayda tumani qayd etdi. Uşbu tumandan jami 3980 nafar abituriyent hujjat topşirgan bölsa, ularning umumiy örtaça bali 79,03 ballni taşkil qildi. Bunda buvaydalik abituriyentlar kunduzgi taʼlimda örtaça 91,4 ballni, keçki taʼlimda 94,6 ballni, sirtqi taʼlimda esa 67,5 ballni qayd etişgan. Maʼlumot uçun, buvaydalik abituriyentlarning 1115 nafari (28%) talaba bölgan.
Eng yuqori örtaça ball qayd etgan tuman/şaharlar reytingi:
1. Buvayda — 79,03
2. Peşku — 77,87
3. Boğdod — 77,85
4. Qoraköl — 77,73
5. Ğijduvon — 77,33
6. Özbekiston — 76,66
7. Vobkent — 76,64
8. Şofirkon — 76,63
9. Rişton — 76,48
10. Olot — 76,15
11. Mirzo Uluğbek — 75,95
12. Yakkasaroy — 75,78
13. Çilonzor — 75,6
14. Qiziltepa — 75,53
15. Uçköprik — 74,76
16. Danğara — 74,73
17. Yozyavon — 74,55
18. Romitan — 74,45
19. Yunusobod — 73,94
20. Buxoro ş. — 73,93
❓Hududning örtaça bali qanday hisoblanadi?
Masalan, Buxoroda testga kirgan 50 ming abituriyent olgan barça ballar qöşiladi va 50 mingga bölinadi. Şunda örtaça arifmetik körsatkiç çiqadi. Uşbu örtaça ballarning kiriş ballariga aloqasi yöq. Bu şunçaki qaysi hududning abituriyentlari umumiy olganda nisbatan balandroq ball töplaganini bildiradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2

