Abituriyentlarning 36 foizi 56,7 ball ham töplay olmadi

Matn16-sentabr, 2021, 12:492 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​😳 36% abituriyentlar 56,7 ball ham töplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi oçiq maʼlumotlariga köra, joriy yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan.

Ming afsuslar bölsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) ötiş balining eng quyi çegarasi bölgan 56,7 balni ham töplay olmagan. Bu dahşat!

Eng yomon körsatkiç, Toşkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxşiroq natija Toşkent şahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu töplaş mumkin bölgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent heç bölmasa 30% bilimga ega bölsa, uşbu körsatkiçni töplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak töğri bölar balki.

Yaʼni 2 bahoga öqiganlar ham taxminan 35-55% natija körsata olişi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin örtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqroği 319 ming yoşlar (balki orasida kam sonli yoşi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilişmaydi.🤦‍♂️

❓56,7 ball töplaş şunçalik qiyinmi? Neçta savolga töğri javob beriş kerak edi?

Uşbu balni oliş uçun quyidagiça javob beriş kifoya edi:

Majburiy blokdagi 10 ta savoldan 5️⃣ tasiga;
Mutaxassislik blokidagi 20 ta savoldan 4️⃣ tasiga.

Şunda 56,7 ball oliş mumkin edi. Keçirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar öta va öta oson darajada bölsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan "A" qilib belgilasa ham 4 tadan oşiq çiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar şuni ham eplay olmagan? Bu dahşat emasmi?

Yoşlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambağal, şaroitimiz yöq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boşlaydi va aybni osongina otasiga tönkab qöya qoladi. Vaholanki, heç bölmasa 2 baho darajasida öqiş uçun repetitorga boriş şartmas. Ozgina qöliga kitob olsa, salgina könglida xohiş bölsa yetarli edi.

Tez orada joriy yilgi kiriş ballari haqida ham tahlillarimni eʼlon qilaman. Unda ham köriş mumkinki, kiriş ballari ançayin past, Özbekistondagi barça yönalişlarning 70%ida kiriş bali 100 baldan past bölgan. Boşqaça aytganda 100 ball töplay olgan abituriyent 2720 ta yönalişga kira olar edi. Demak, öqişga kiriş aslida qiyinmas, şunçaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan. Bu haqda hali yana batafsil gaplaşamiz.

Raqamlardan körinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ança past. Yillar davomida taʼlimning taşlab qöyilgani, bugun özining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni köproq taşvişga solişi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuçimizni, mablağimizni ayamasdan taşlaşimiz kerakligini anglatadi.

❓Sizningça, nega bilim darajamiz xavotirli darajaga kelib qoldi? Öquvçilarning katta qismi eng elementar va sodda bilimlarni ham bilmasligiga sabab nima?

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 7
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek