Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Davlat test markazi faoliyatidagi kamçiliklar tanqid qilindi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Davlat test markazi jamoatçilik bilan aloqalarni yölga qöyişda ötgan yili ança faol işlagandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda çiqqan har bir şubhali video, tuşunarsiz javoblar varaqasi yoki savollar kitobining rasmi çiqişi bilan öşa kuniyoq yoxud juda bölmasa ertasi kuni rasmiy izoh berar edi.

Ammo joriy yilda bittagina vaziyat haqida çala-yarim munosabat bildirilganday böldi, lekin boşqa holatlarga heç narsa deyilmayapti.

Masalan, imtihon içidan rasmga olib yuborilgan savollar kitoblari tarqalyapti, hatto savollar kitobi raqami ham körinib turibdi. Lekin abituriyentlar va öşa guruhdagi nazoratçilarga qöllangan çoralar haqida biror gap aytilmayapti.

Bundan taşqari ayrim holatlarda böş qoldirilgan yoki bir neçta variant böyalgan javoblarni töğri deb hisoblab, ball berilayotgani maʼlum bölmoqda. Bu kabi holatlar yangilik emas, ötgan yili ham kuzatilgandi. Demak, DTMdagi test javoblarini tekşiruvçi qurilmalar mukammal işlamayapti. Bunga ham rasmiy izoh kerak, qurilmalarning xato qiliş ehtimoli neça foiz, agar şunaqa xato hisoblansa, keyin nima böladi, degan savollarga javob kerak.

Ötgan yili abituriyentlarning ballari oçiq eʼlon qilingan va kim neçançi örinda ekanligini köriş mumkin edi. Ammo joriy yilda hozirça bu tizim işga tuşmadi. Bunga ham rasmiy izoh talab etiladi, agar işga tuşsa, qaçon böladi, agar joriy yilda bu tizim işlamasa, unda nimaga bu qarorga kelindi, şuni ham oçiq aytiş kerak.

Xullas, joriy yilda DTM matbuot bilan juda sust işlayapti. Balki buning sababi DTMning barça xodimlari, şu jumladan matbuot xizmatidagilar ham testlarga biriktirilgani va xizmat safariga yuborilganidir, kim bilsin. Lekin baribir ham oldindan buning çorasini köriş kerak edi.

Javoblar bölmasa, savollar köpayadi. Savollar köpligi esa, norozilikka sabab böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek