Test sinovlaridagi yangiliklar va tartiblar eʼlon qilindi

Matn10-may, 2018, 20:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hozirgina töğridan-töğri efirga uzatilgan “Munosabat” tok-şousi yakunlandi. Mavzu test sinovlari haqida edi. Unda kamina ham ekspert sifatida iştirok etdi. Körsatuvdan quyidagilar anglaşildi:

👉 bu yil barça fanga 2.1 balldan berilişi haqidagi gaplar - şunçaki miş-miş, haqiqat emas. Avvalgidek, 1.1, 2.1 va 3.1 balldan beriladi;

👉 test sinovlarining 1-kuni işlatilgan savollar keyingi kunlarda tuşmaydi;

👉 15 kun davomida SMS xabarlar va telefon aloqasi öçirilib qöyilmaydi, balki respublika böylab test ötuvçi 57 ta katta pavilyonlarga aloqani uzuvçi moslamalar örnatilişi rejalaştirilmoqda ekan;

👉 barça hududlardagi test savollari kitobi Toşkentga maxsus feldyegerlik xizmatlari orqali samolyotlarda olib kelinadi va Toşkentda tekşiriladi;

👉 test javoblari ertasi kuni DTM saytida eʼlon qilinadi, avvalgidek test ötkazilgan binoga javob varaqalari ilinmaydi. Çunki ertasi kuni u yerda boşqa testlar ötayotgan böladi;

👉 bu yildan boşlab butun respublikada testga şpargalka, telefon va h.k. olib kirişga uringan abituriyent öşa zahoti testdan çetlatiladi. Avvalgidek, keçirimli bölib, telefonini olib qolib, uni nomerlangan konvertga solib, abituriyentni özini testga kiritib yuboriş bölmaydi. Olib kirişga urinişning öziyoq akt tuzib, çetlatişga sabab böladi. Va bu juda töğri qaror, uşbu taklifni avvalroq quyidagi maqolada yozgandim - http://kun.uz/88836207

👉 test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va keçki (smenali) taʼlim şakli uçun har yili 1-avgustdan 15-avgustgaça bölgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada ötkaziladi. Birinçi smena soat 08:00-da, ikkinçi smena soat 15:00-da boşlanadi;

👉 test topşiriqlarini bajariş uçun 30 ta test topşiriğiga 1 soat, 60 ta test topşiriğiga 2 soat, 90 ta test topşiriğiga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda eʼtibor beriş kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini töldiriş bilan birga berilmoqda. Avvallari savollarni işlaş uçun alohida vaqt, keyin javoblar varaqasini töldiriş uçun alohida vaqt berilardi. Hozir mana şu 1 soatga belgilaş ham kirib ketadi, şu sababli, abituriyentlar buni eʼtiborga olib qöyişlari kerak;

👉 aytişlariça, test ötadigan pavilyonlardagi kameralar 31-iyul kuni yoqib qöyiladi va 16-avgust kuni öçiriladi;

👉 test sinovlari jarayonlari internet orqali translyatsiya böladi va imkoni bölsa respublika hamda mahalliy telekanallar orqali töğridan-töğri namoyiş etiş ham rejalaştirilmoqda.

Batafsil: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 21
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek