BMTda Özbekistonning milliy maʼruzasi eşitildi

Matn10-may, 2018, 11:221 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Keça BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşining 30-sessiyasida Özbekistonning milliy maʼruzasi eşitildi.

Maʼruzani har doimgidek, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov öqib eşittirdi. Şuningdek, Adliya vaziri örinbosari Maxmud Istamov va Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov ham maʼruza qilgan.

Bu şunçaki hisobot topşiriş emas, bu Özbekistondagi inson huquqlari böyiça ahvolni xalqaro maydonda muhokama qilinişidir.

Keçadan buyon inson huquqlariga oid bir qator taşkilotlar aynan şu haqida yozişmoqda. Umumiy olganda, Özbekistondagi vaziyat muhokamasi avvalgi yillarga qaraganda ança yaxşi ötdi, deyiş mumkin. Garçi ekspertlar hali quvonişga vaqtli, deyişgan bölsada, lekin Özbekistondagi sönggi özgarişlar haqida iliq fikrlar ham aytilgan. Ayniqsa, Prezident tomonidan önlab siyosiy mahbuslarning ozodlikka çiqarilişi va Bobomurod Abdulla bilan boğliq şov-şuvli sud jarayoni ham eslab ötilmoqda.

BMT saytidagi xabar: https://goo.gl/SBqzbM

Maʼruza va muhokamaning videosi: https://goo.gl/k2EyiS

Özbekiston hukumati taqdim etgan milliy maʼruza matni (rus): https://goo.gl/ZbNZcm

  • 👍 35
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek