Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Ikkinçi jahon uruşi yillarini belgilaş haqida mulohazalar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Bayram arafasida teleekranlarda «1941-1945» formati trendga aylantirilganini sira tuşunmayman. Ikkinçi jahon uruşi 1939-1945-yillarni öz içiga olgan. Bu tarixiy fakt. Ruslarning şovinistik siyosati natijasida faqat Gitler SSSRga hujum qilgan kundan uruşni boşlangan deb hisoblaş, bugungi kun uçun aktual bölmasligi kerak. «Qolganlar bilan işim yöq, faqat menga taalluqli bölgan qisminigina tan olaman» degan ğoya unçalik töğri emas. Mantiqan olib qaralsa, aslida SSSRga hujum 1939-yil 1-sentabr kuni nemis askarlari Polşaga kiritilgandayoq boşlangandi.
Bizning bugungaça bölgan siyosatimizda «Buyuk vatan uruşi» atamasi isteʼmoldan çiqarilgan edi va menimça bu töğri qaror bölgan. «1939-1945» formatidan foydalanişda davom etişimiz kerak. 1939-1941-yillarda uruş natijasida aziyat çekkan boşqa davlatlarning millionlab xalqi haqqi-hurmati uçun ham şu işni qiliş kerak. Bularning barçasi IMHO, albatta.

Xotira va qadrlaş kuni muborak bölsin! (2022-yilda qöşilgan gap: 2018-yili fikrlarim özgaça bölgan ekan🤔).

Yurt tinçligi uçun jonini fido qilganlarni Alloh öz rahmatiga olsin, ilohim.

  • 👍 82
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek