Özbekiston BMT Inson huquqlari böyiça kengaşiga saylandi
2020-yil 13-oktabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga aʼzo 169 davlat Özbekiston nomzodini BMTning eng nufuzli va muhim institutlaridan biri – Inson huquqlari böyiça kengaşi (IHK)ga aʼzoligini qöllab-quvvatlab ovoz berdi.
Taşqi işlar vazirining örinbosari Şerzod Asadov uşbu tarixiy voqeaning ahamiyati haqida sözlab berdi:
– Şuni alohida taʼkidlaş joizki, Özbekiston nomzodi Inson huquqlari böyiça kengaşga Osiyo-Tinç okeani mintaqasidan ilgari surilgan mamlakatlar içida eng köp ovoz töplaşga muvaffaq böldi.
Agar boşqa mintaqaviy guruhlarda böş örinlarga davlatlar örtasida raqobat yöqligi kuzatilgan bölsa, Özbekiston kiradigan Osiyo-Tinç okeani mintaqasi guruhida IHKdagi 4 ta böş örin uçun mamlakatimiz bilan birga Xitoy, Nepal, Pokiston va Saudiya Arabistoni daʼvogarlik qildi.
Yaşirin ovoz beriş natijasida va kuçli raqobat davomida Özbekiston öz guruhidagi davlatlar orasida eng köp ovoz oldi va IHKga 2021-yil 1-yanvardan boşlanadigan navbatdagi uç yillik muddatga saylandi. Mamlakatimiz bilan birga Kengaşga Xitoy, Nepal va Pokiston ham saylandi.
Manba: ÖzA
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
